Samarqand va Namangan — «qizil» hudud. Bu viloyatlarda karantin qoidalari yumşatilmaydi

Samarqand va Namangan — «qizil» hudud. Bu viloyatlarda karantin qoidalari yumşatilmaydi

⚡️Namangan “qizil” hududga kiritildi: karantin qoidalari hozirça saqlab qolinadi

5 may kuni Prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişda mamlakatdagi epidemiologik holatdan kelib çiqib, karantin qoidalari bosqiçma-bosqiç yumşatilişi bildirildi. Şuningdek, viloyat, tumanlar va şaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (örta xavfli) va “yaşil” (xavfsiz) hududlarga ajratilişi belgilandi.

Namangan mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil”, yaʼni yuqori xavfli hududga kiritildi. Çunki viloyat böyiça 6 may kuniga qadar 230 nafar şaxs koronavirus infektsiyasiga çalingani aniqlangan va Namangan bu körsatkiç böyiça respublikada Toşkent şahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi törtinçi örinda turibdi. Koronavirusdan ölim holati böyiça esa (4 ta) Namangan poytaxt Toşkentdan söng (5 ta) ikkinçi örinda qayd etilgan.

Viloyatdagi koronavirus infektsiyasiga çaliniş holatlarining aksariyat qismi Namangan şahriga töğri kelmoqda. Şu bois şaharda joriy etilgan çeklovlar, jumladan, avtomobillarda maxsus stikerlarsiz faqat maʼlum soatlarda harakatlaniş böyiça talablar öz kuçida qoladi. Namangan epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirişi eʼtiborga olinib, karantin qoidalari hozirça yumşatilmaydi.

Fuqarolardan karantin qoidalariga qatʼiy amal qiliş söraladi.

Namangan şahar hokimligi axborot xizmati.

×