1-May kuni Sirdaryo viloyatida joylaşgan Sardoba suv ombori dambasidan suv çiqişi oqibatida Sardoba tumani, Qörğontepa aholi yaşaş punktlari jiddiy zarar körgani aytilgan edi.
Uşbu hodisadan söng Kosonsoyliklar ham suv toşqinidan talofot körgan Sirdaryoliklar uçun “Kosonsoyliklardan Sirdaryoga hadyalar” şiori ostida xayriya yordami töplaş, insonparvarlik yordamini yuboriş taşabbusi bilan çiqdi. Ular tomonidan turli oziq-ovqat, kiyim-keçak, sanitariya- gigiyena vositalari, bolalar uçun kitob va öyinçoqlar topşirildi.
Töplangan buyumlar maxsus transportlarda karantin talablariga qatʼiy rioya etgan holda 4-may kuni soat 16:00 da Sirdaryo viloyatiga yöl oldi. Şu örinda bunday xayrli işni taşkil etişda jonbozlik körsatgan Kosonsoy tumani 52-ixtisoslaşgan maktab maʼmuriyatini ham allohida taʼkidlab ötiş joiz.
Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bağrikenglikning bunday noyob ijtimoiy xususiyati, buyuk xalq ekanligimizni dalilidir aziz yurtdoşlar. Bu körsatilayotgan haqiqiy özbekona bağrikenglik, mehr-muruvvat, beminnat yordamlar, öylaymizki, körilgan talofatlarni bartaraf etişda madad böladi. Ayniqsa, falokatdan aziyat çekkan şaxslarga yetib borib, köngillarini xuşnud etişi şubhasiz.
Oqilxon Tillaxonov
"Kosonsoyliklar" kanali tomonidan tayyorlangan video









