Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining Namangan viloyati hududiy boşqarmasi Kosonsoy tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi amalga oşirgan 28 ta tender savdolari ustidan monitoring ötkazdi.
Qayd etilişiça, Kosonsoy tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boşlanğiç narxi 970 mln sömga yaqin va 2024 yil birinçi yarim yilligida 13 ta 1 mlrd 356 mln sömlik tender savdolarida buyurtmaçi taşkilot tomonidan iştirokçilar («ISLAMOV TRADER» MÇJ, «BERUNIY MEDICAL»MÇJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholaş mezonlarini belgilaşda qonunbuzilişi holatlariga yöl qöyilgani aniqlangan.
Yuqoridagi holatlardan kelib çiqib, hududiy boşqarma tomonidan buyurtmaçiga (Kosonsoy tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi) «Raqobat töğrisida»gi qonunning 29-moddasi talablari buzilişi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda iş qözğatilib, qonunbuzilişini bartaraf etiş maqsadida bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan. Şuningdek, qonunbuzilişiga yöl qöygan mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.









