Pekinda koronavirus haqida taqiqlangan maʼlumotlarni saqlagan internet faollari (blogerlar), ularni mahalliy politsiya hibsga olganidan söng ğoyib böldi. Bu haqda Daily Mail naşri maʼlum qildi.
Çen Mey, Tsay Vey va ularning örtoği Tang familiyali qiz politsiya söroqlariga javob berganidan söng ğoyib böldi. Vey va Tang tartibsizliklar uyuştirişda ayblandi. Xitoy huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlarining sözlariga köra, ayni vaqtda ular hibsda saqlanmoqda. Ammo Vey va Tangning oldiga heç kim kiritilmayapti.
Çenning akasi Kun Çenning sözlariga köra, hozirgi kungaça ukasi Çenning hibsga olinganligi hukumat tomonidan rasmiy tasdiqlanmagan. “Çen va Tsayning bitta loyiha ustida işlayotganliklarini hisobga oladigan bölsak, fikrimizça, ularning ğoyib bölişi öşa loyiha bilan boğliq”, dedi u.
Kunning sözlariga köra, loyiha saytida hukumat tomonidan koronavirus bilan boğliq bölgan taqiqlangan naşr va videolavhalar eʼlon qilingan. Masalan, Uxan aholisi bilan ötkazilgan suhbatlar va koronavirus xuruji haqida birinçilardan bölib xabar bergan Uxan markaziy şifoxonasi şifokori Ay Fen bilan ötkazilgan suhbat.
Daily Mail naşrida yozilişiça, “tartibsizliklar uyuştiriş” ayblovi bu Xitoy hukumati tomonidan faollarga nisbatan qöllaniladigan va beş yilgaça qamoq jazosi bilan jazolanadigan, aniq belgilanmagan ayblov.
Oldinroq Daily Mail naşri Uxandagi koronavirus xurujini yoritgan uç nafar jurnalistning ğoyib bölgani haqida xabar bergan edi. Çunki bu uç jurnalist - Çen Tsyuşi, Fan Bin va Li Tszexua epidemiyaning asl kölamini bayon etişga harakat qilgan. Ular kasallar va vafot etganlar bilan tölgan kasalxonalar va ölikxonalar tasvirga tuşirilgan videolavhalarni You Tube va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga joylaştirgan. Ular 6 fevraldan 26 fevralgaça bölgan vaqt oraliğida ğoyib bölgan. Şundan buyon ularning qayerda ekanligi nomaʼlumligiça qolmoqda.









