UFC prezidenti: Toni bilan jangning bekor bölişida Habibning aybi yöq

UFC prezidenti: Toni bilan jangning bekor bölişida Habibning aybi yöq

UFC prezidenti Deyna Uayt koronavirus pandemiyasi sabab bekor bölgan Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson örtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

«Koronavirus bilan boğliq holat nimalarga olib kelgani barçaga maʼlum. Barçasi endi boşlangan paytda, qandaydir özgariş kiritiş kifoya edi, biroq ertasi kuni vaziyat butkul özgarib ketardi.

Ertalab turasan, qoidalar esa boşqa. Nurmagomedov ham şunday vaziyatda qoldi va Rossiyaga qaytişga majbur böldi. U buni xohlamagandi va bu Habibning tanlovi emas, ammo şunday bölib qoldi. Bu yerda heç kim aybdor emas.

Musobaqaga tayyorlaniş jarayonida barçamizdan xato ötdi. Sababi biz folbin emasmiz va keyinçalik nimalar bölişi bilolmasdik», — deydi Uayt.

Eslatib ötamiz, UFC 249 musobaqasi 18 aprel kuni Nyu-Yorkda bölib ötişi rejalaştirilgan va unga köra, asosiy jang yengil vazn çempioni Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson örtasida bölib ötişi kerak edi. Ammo Habib Rossiyadagi karantin sabab musobaqada iştirok etolmaydigan böldi va uning örnini Jastin Getji egalladi.

UFC 249 musobaqasi 9 may kuni Florida ştatidagi Jeksonvill şahrida bölib ötadi.

×