Bir oy oldin «ölgan» ayol huşiga keldi

Bir oy oldin «ölgan» ayol huşiga keldi

Ekvadorning Guayakil şahar şifoxonasida qarindoşlari bir oy oldin öldi deb öylagan 74 yoşli ayol huşiga keldi, deb yozadi mahalliy «Comercio» gazetasi.

27 mart kuni Guayakil şifoxonasida vafot etgan deb hisoblangan Alba Maruri Granda payşanba kuni huşiga kelib, singlisidan uyiga olib ketişini söragan.

Grandani öldi deb tan olişlaridan oldin uning tana harorati 42 darajagaça kötarilgan, nafas olişi qiyinlaşgan. Şifokorlar bemorlarning ismini adaştirib, oilasiga notöğri maʼlumot berganda ayol huşsiz bölgan.

Sakkiz kundan söng qarindoşlari «Granda»ni kuydirişgan. Oila Ekvadorda koronavirus tufayli favqulodda holat bekor qilinib, dafn etiş marosimlarini ötkazişga ruxsat berişini kutib qariyb bir oy begona odamning kuliga tikilib ötirişgan.

Endi qarindoşlari şifoxonadan dafn marosimi va krematsiyaga sarflangan ikki ming dollarni undirişni talab qilmoqda.

Maʼlumotlarga köra, Ekvadorda 22 179 kişi koronavirusga çalingan, 576 kişi vafot etgan.

×