Özbekistonda koronavirusdan ölgan odam qanday dafn qilinadi?

Özbekistonda koronavirusdan ölgan odam qanday dafn qilinadi?

Avvalroq, 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bölgan namanganlik 72 yoşli ayol koronavirus infektsiyasi taşxisi bilan Namangan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. 27 mart kuni uşbu bemor şifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan ötkir miokard infarktidan vafot etganligi haqida xabar berilgan edi.
EFFECT.UZ axborot agentligi uşbu xabar ortidan tuşib, Özbekiston musulmonlari idorasi ulamolarining uşbu holat bilan boğliq tegişli fatvolar va tibbiyot sohasi mutaxassislari bilan kengaşgan holda koronavirus kasalligi mavjud bölgan mayyitni dafn etiş borasidagi rasmiy bayonotini eʼlon qildi.
“Islom dinida biror musulmon vafot etsa, uni şariat körsatmasiga binoan yuviş, kafanlaş va dafn qilişga buyurilgan. Uşbu amallarni bajariş jarayonida odamga zarar yetiş ehtimoli mavjud bölsa, “islomda zarar beriş ham, zarar köriş ham yöq” va “maşaqqat yengillikni jalb qiladi” kabi fiqhiy qoidalariga binoan, mazkur amallarni ijroçilarga ziyon-zahmat yetkazmagan şaklda bajarişga ruxsat beriladi. Çunki bilib turib jonini xavf-xatarga qöyiş – özini halokatga taşlaşdir.
Bu kabi öta yuqumli va xatarli kasalliklar vafot etgan musulmonlarni yuviş, kafanlaş va dafn qilişda öziga xos talablarga rioya etişni taqozo etadi. Yaʼni yuvuvçi, kafanlovçi va dafn qiluvçilarga virus ötiş ehtimolining oldini oliş zarur. Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi tomonidan mazkur masala böyiça Misrning “Dorul-ifto” fatvo uyuşmasi fatvosi, Azhar ulamolari kengaşi fatvosi, Turkiya diyonat işlari boşqarmasi fatvolari örganib çiqildi.
Hozirgi kunda dunyo musulmon davlatlari tajribasida mayyitni yuviş, kafanlaş va dafn marosimi sanitar xodimlar yordamida şariatga muvofiq ado qilinmoqda. Uşbu amallarni bajarişda mayyitning yaqinlari iştirok etayotgani yöq. Marhumning yaqin qarindoşlari faqat janoza öqişda qatnaşmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi bilan özaro maslahat asosida, karantin holatida mayyitni imkon qadar şariatimiz körsatmalariga muvofiq yuviş, kafanlaş va dafn qilişga harakat qilinadi. Bu jarayonda Özbekiston musulmonlari idorasi vakili iştirok etadi.
Mazkur amallar farzi kifoya maʼnosidagi işlar bölib, baʼzi musulmonlar amalga oşirişsa, qolganlaridan soqit böladi. Demak, koronavirus kasalligi mavjud bölgan mayyitni dafn marosimini faqat yaqin qarindoşlari vakillari iştirokida qiliş lozimdir.
Dafn marosimida iştirok etuvçilar tibbiy körsatmalarga amal qilişlari, jumladan, niqoblar va qölqoplardan foydalanişlari hamda marosimdan söng karantin talablari asosida dezinfektsiya va şaxsiy gigiyena amallarini bajarişlari lozim.
Taʼkidlaş joizki, janoza, dafn va taʼziya marosimlarini ixçam tarzda ötkaziş barobarida epidemiya hamda karantin davridagi talablar, xususan, gigiyena qoidalariga jiddiy amal qiliş lozim böladi. Şuningdek, maxsus komissiya qarori asosida qatʼiy çeklangan tarkibda ötkaziladi. Mömin-musulmonlarimiz Islom dini manbalariga tayangan holda bayon etilgan mazkur jihatlar va tadbirlarni töğri tuşunadilar, deb öylaymiz.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar boş-imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov köçada niqobsiz yurganlar xiyonatçi, ular oilasiga, vataniga xiyonat qilayotgani töğrisida gapirib ötgandi.

Manba: EFFECT.UZ

×