AQŞda bezgakka qarşi xloroxin preparatini koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşda qöllaş böyiça sinovlar töxtatildi. Tajribalar vaqtida avval taxmin qilinganidek, ayrim bemorlarda yuragida muammolar kuzatildi va 20 nafar köngilli uşbu holat oqibatida vafot etdi. Tadqiqot natijalari 24 aprel, juma kuni, Amerika tibbiyot assotsiatsiyasining jurnalida eʼlon qilingan.
Sinovlarda 81 nafar odam iştirok etgan. Koronavirus bilan kasallangan va uşbu dori orqali tuzalişni istagan bemorlarga 10 kun davomida xloroxindifosfat yuborilgan. Bemorlar ikki guruhga bölingan va biriga katta doza, boşqasiga esa nisbatan yuqori bölmagan dozada dori jönatilgan. Birinçi guruhda avvaliga kasallikning oğir ötişi 50 foizga kamaygan, ammo uzoq vaqt ötmay olimlar preparatning virusga yuqori kontsentratsiya bilan taʼsir qilişi mumkinligi, ammo bu organizmda aks taʼsir uyğotişini aniqlagan.
«Uşbu tadqiqotning dastlabki natijalaridan kelib çiqib, CQ’ning nisbatan yuqori dozasini COVID-19 bilan kasallangan oğir ahvoldagi bemorlarga bermaslik tavsiya qilinadi, sababi preparat odam soğliğini xavf ostida qoldirişi mumkin», — deyiladi tadqiqot xulosalarida.
Manba: Aniq.uz









