23 aprel kuni Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi Toşkent aeroportida KTEA öpka kasalliklarini davolaş uçun elektron apparatlardan iborat 4 ta jamlanmani kutib oldi. Bu apparatlar Uxan şahrida COVID-19 ning oğir körinişlarini davolaşda yuqori samara bergan edi. Bu haqda Milliy palata Sputnik naşriga maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, innovatsion qurilma Özbekistonga Milliy palata va Pekinning “Bei Jing Hong Tian Li Fhamaceutical Co.Ltd” kompaniyalari örtasidagi hamkorlik doirasida yetkazib berildi. U şifoxonalarga koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolaş uçun beğaraz topşiriladi.“Birinçi bölib zarbani qabul qilgan Xitoyning özi tomonidan COVID-19 ga qarşi kuraşda bosib ötgan qiyin davriga qaramay, yölga qöyilgan hamkorlikni qöllab quvvatlagan holda, xitoylik hamkor tomonidan Milliy palata uçun nafaqat aynan qanday innovatsion qurilmani hozir taqdim etiş zaruratini tahlil qilindi, balki buni amalga oşiriş uçun moliyaviy yordam imkoniyati ham taqdim etildi”, - deyilgan xabarda.
Xitoy Hayot va soğliqni saqlaş assotsiatsiyasi direktorining örinbosari Çen Sinpinning sözlariga köra, Uxan şahrida KTEA elektr moslamalari COVID-19 taşxisi qöyilgan bemorlarni davolaşda yuqori samaradorlikni namoyiş etgan. Natijada Xitoy poytaxti Pekin şahridagi aksariyat kasalxonalar hozirda KTEA qurilmalari bilan jihozlangan.
Xitoy tomoni KTEA-dan foydalaniş va davolaş usullari töğrisida mavjud barça maʼlumotlarni taqdim etdi. Bu maʼlumotlarni uşbu elektr asboblarni koronavirus infektsiyasining oğir şakllarini davolaş uçun Milliy palata tomonidan yuboriladigan kasalxonalar mutaxassislari tomonidan olib örganilişi mumkin.
Bemorlarni davolaşda KTEA-dan amaliy foydalaniş bilan bir qatorda, uşbu hamkorlik Özbekiston soğliqni saqlaş tizimiga yangiliklarni olib kiriş, koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşda özbekistonlik va xitoylik şifokorlar örtasida tajriba almaşişni kengaytirişga imkon beradi.









