7 noyabr kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligida koronavirusga qarşi vaktsina sinovining uçinçi bosqiçini Özbekistonda ötkazişni taşkil etiş borasida uçraşuv bölib ötdi. Kun.uz muxbiri xabar berişiça, özaro muloqotda vaktsina sinovlarini amalga oşiriş tartibi kelişib olingan.
«Bugun koronavirusga qarşi vaktsinaning uçinçi faza sinovlarini ötkaziş böyiça xitoylik hamkorlarimiz Özbekistonga taşrif buyurişdi. Bu avvalo, barça jarayonlarni rejalaştirişdir. Hamkorlar bilan vaktsina sinovlari ötkaziladigan oilaviy poliklinikalar bilan tanişiş va sinov tuzilmasini işlab çiqiş masalasida gaplaşib oldik.
4 kişi keça kelgan bölsa, yana 5 nafar xitoylik mutaxassislar kelişini kutyapmiz. Ular 4 oy davomida sinovlarni ötkaziş jarayonida biz bilan birga iş olib borişadi. Vaktsinalar sinovini qanday ötkaziş kerakligi, tartib qanaqa bölişi va ularning kuzatuvi qay tarzda olib borilişi böyiça birinçi galda şifokorlarimiz bilan treninglar ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Ikkinçidan, umumiy jarayonni muvofiqlaştiriş böyiça işlarni yölga qöyamiz.
Xitoy kompaniyasi tomonidan jönatilgan vakillar sinovlar asosan qaysi poliklinikalarda ötkazilişi böyiça savollar berişdi.
Ikkita markazimiz bor: Ilğor texnologiyalar markazi va Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya instituti. Ularning rahbariyati ham uçraşuvda iştirok etişdi. Savollarga javob berdik.
Xitoyliklar birinçi galda sinov ötkaziladigan oilaviy poliklinikalar va ulardagi şart-şaroitlar bilan qiziqişdi.
Ikkinçisi, hamkorlarimiz har bir oilaviy poliklinikadan öntadan şifokor va hamşiralar tanlab olib ular bilan suhbat ötkazişmoqçi.
Keyingi haftadan şifokorlarimizga treninglar ötkaziladi», deya Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Maʼlum qilinişiça, duşanba kunidan boşlab hamkorlar bilan birga ikkita markaz rahbariyati öşa oilaviy poliklinikalarga borişadi.
Bu jarayonda şifokorlar uçun tanlov ökaziladi, ular bilan suhbatlaşiladi. Keyin öquv-treninglar taşkil etiladi.
«Söngra xalqimiz uçun ijtimoiy roliklar tayyorlaymiz. Tanlangan poliklinikalarning manzili, ular bilan boğlaniş uçun kontaktlarni beramiz. Murojaat qilgan köngillilar bilan suhbatlar ötkazilib, ularga tuşuntiriş işlari olib boriladi.
Rejada 5000 odam kutyapmiz. Şunça insonga yetadigan vaktsina hozir Xitoydan Toşkentga olib kelingan. Vaktsinalar maxsus şaroitlarda saqlanyapti. Köngillilar jamoasini şakllantirib olganimizdan keyin har bir oilaviy poliklinikada imkoniyatdan kelib çiqib maʼlum sondagi köngillilar böyiça sinov işlari amalga oşiriladi.
Yana bir savol tuğilyapti – sinovlar viloyatlarda ham ötkazilişi haqida. Yöq. Bu hozir tadqiqot bölgani uçun faqat Toşkent şahrida ötkazamiz. Buning öziga yaraşa qulayliklari bölişi kerak. Monitoring jarayonini samarali taşkil qila olişimiz juda muhim hisoblanadi.
Xitoylik hamkorlarimiz bilan suhbatda Soğliqni saqlaş vazirligi Virusologiya instituti mutaxassislari ham iştirok etişdi. Bu jarayonni ötkazadigan asosiy insonlar şifokorlarimiz böladi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi bu jarayonni muvofiqlaştiruvçi, amaliy jihatdan işni taşkil qilişda yordamçi va monitoring töğri olib borilayotganini kuzatuvçi sifatida iştirok etadi», dedi vazir.
- Avvalroq, Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti tomonidan tayyorlangan vaktsina sinovining uçinçi bosqiçi Özbekistonda ham ötkazilişi xabar qilingandi.
manba: Kun.uz









