Kunlar isiy boşlagaç şahar va qişloqlarda terak momiği paydo böladi. U koronavirusning yangi taşuvçisiga aylanişi va kasallik tarqalişiga sabab bölişi mumkin. Bu haqda immunolog-allergolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nadejda Logina maʼlum qildi.
Mutaxassis gullagan terakni kasallik yuqiş xavfini oşiruvçi kuçli omil ekanligini aytdi. Bordiyu, iyunning örtalarida epidemiya töxtamasa, «yanada oğirroq vaziyat» yuzaga kelişi mumkin. Ikkinçidan, aholi orasida nafas aʼzolari allergik kasalliklari zöraya boşlaydi va allergiklar xavfli guruhga kirib qolişadi. Logina bu sayyoramizning qariyb 20 foiz aholisiga taalluqli ekanligini taʼkidladi.
Gullaş mavsumi boşlanganda allergiyaga moyil kişilarning şilliq qavat himoya reaktsiyalari faollaşadi. Bu kasallik yuqiş xavfini oşiradi. Şu bois bunday odamlar ehtiyot çoralariga alohida eʼtibor berişlari zarur, deb izohlaydi şifokor.
Manba: Xabar.uz









