Yangi Gvineyaning Port-Morsbi şahridagi “Adventure Park” hayvonot boğida timsoh boğ xodimiga hujum qilib, uni öldirdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, voqea 5 sentyabr kuni tuşdan keyin sodir bölgan. Xodim timsohga tovuq berayotgan vaqtida hayvon uning oyoğidan tişlab, suvga tortgan. Şundan söng timsoh uni “ölim aylanişi” deb ataladigan usulda aylantirgan.
Hodisa vaqtida boşqa bir xodim ham timsohga yaqinlaşib, hayvonning boşiga urişga harakat qilgan. Hayvonot boğiga taşrif buyurganlardan biri esa panjara orasidan tayoq uzatib, xodimni qutqarişga uringan. Voqea guvohi Koibuga Remdining aytişiça, timsoh xodimni taxminan bir soat davomida qöyib yubormgan.
“Köpçiligimiz voqeani kördik, biroq unga yordam beriş uçun juda kam imkoniyatimiz bor edi. Bizning yagona çoramiz politsiyaga yordam sörab qönğiroq qiliş böldi”, degan u.
Politsiya yetib kelgaç, “Adventure Park” boğ xodimlari qutqaruv işlarini osonlaştiriş uçun timsoh saqlanadigan havzadagi suvni çiqara boşlagan. Xodim hujum oqibatida köp qon yöqotgan.
“Timsoh birinçi öqdan keyin ölmadi. Politsiya bir neça marta öq uzdi. Faqat 11-öqdan keyin timsoh öldi”, degan guvoh.
Şundan söng, xodim timsohdan qutqarib olingan va şifoxonaga olib ketilgan. Biroq u 6 sentyabr kuni ertalab olgan jarohatlari sabab vafot etgan. Maʼlumotlarga köra, xodim uşbu hayvonot boğida qariyb ikki yil işlagan.
Mazkur hujumdan bir neça oy oldin esa hayvonot boği xodimlarining timsohlarga juda yaqinlaşgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.
Videolardan birida xodim ulkan timsohning yuzidan bir neça santimetr narida turib, uning ustiga suv saçratgani köringan. Keyin u timsohning ustiga ötirib, böynidan tortgan.
Boşqa videoda esa xodim katta timsohning orqasiga bir oyoğini qöyib turgani va tomoşabinlarga hayvonni boqiş jarayonini namoyiş qilgani aks etgan. Yana bir videoda xodim ulkan timsohning burniga qöl tekkizib, uning jağlari oldida turgan.
Hozirda Port-Morsbidagi “Adventure Park” hayvonot boği nomaʼlum muddatga yopilgan.









