Telegram ijtimoiy tarmoğida tarqalgan xabarda Namangan şahridagi “Zarkent” mahallasida yaşovçi yigitning koronavirusga çalingani, isitmasi kötarilsa ham uyida yuravergani, oxir oqibat şifoxonada ahvoli oğirlaşib, vafot etganligini bildirilgan.
Aslida 1974 yilda tuğilgan O.I. ölimining sababi koronavirus infektsiyasi bilan boğliq emas. Bemor boşqa kasallik tufayli hayotdan köz yumgan. Mutaxassislarning taşhisi böyiça, u uzoq yillar gepertoniya va qandli diabet kasalliklari bilan oğirib yurgan. RŞTYOIM Namangan filaliga 5 aprel kuni keltirilganida esa ahvoli juda oğir bölgan. Körsatilgan muolajalarga qaramay nafas yetişmovçiligi, yurak işemik kasalligi, gepertermik holat va boşqa omillar tufayli 7 aprelda olamdan ötgan.
Şuni ham qöşimça qiliş mumkinki, bemordan olingan biologik sinamalar viloyat sanitariya-epidemologik osoyiştalik markazi virusologiya laboratoriyasida PZR usulida koronavirusning yangi turiga tekşiruvdan ötkazilganda tahlillar manfiy natija bergan. Yaʼni, tekşiruv yakunida bemorda koronovirus infektsiyasi aniqlanmagan.
Amaldagi qonunçilikda hozirgi karantin şaroitida yolğon xabarlar tarqatganlik va aholi orasida sarosima uyğotganlik uçun javobgarlik mavjudligini yana bir bor eslatib ötamiz.
Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi









