Velosipedda sayr qiliş uçun bahona topiladi: bizni aldamoqçi bölib, özingizni aldamoqdasiz

Velosipedda sayr qiliş uçun bahona topiladi: bizni aldamoqçi bölib, özingizni aldamoqdasiz

Koronavirusga qarşi kuraş böyiça Respublika maxsus komissiyasi tomonidan joriy qilingan avtotransport vositalari harakati çeklovi, poytaxt aholisi uçun özini yakkalaş talabi majburiy qilinişi oqibatida... fuqarolar mantiqsiz tarzda velosipedlar xarid qilişni boşlaşdi. Butun dunyo pandemiya xavfi ostida bölgan, hukumatimiz tomonidan infektsiyaning tarqalişini töxtatiş böyiça çoralar qöllanilayotgan bir davrda şahrimizda jamiyatimizga duşmanlik qilayotganlar: odatiy hayot tarzlarini davom ettirayotganlar topilmoqda.

Bugungi kundan boşlab Toşkent şahar IIBB xodimlari Milliy gvardiya xizmatçilari bilan hamkorlikda majburiy özini yakkalaş talabiga rioya qilinişini nazorat qiliş böyiça jiddiy işlarni amalga oşirişmoqdalar. Bunga javoban esa şahar aholisi ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, şarhlar va şaxsiy xabarlar orqali davlat idoralari sahifalariga norozilik bilan murojaat qilmoqdalar. Kimdir xodim bilan kelişmovçilik çiqarib, u tomonidan qöllanilgan çoralardan norozi, boşqa birov velosipedi jarima maydonçasiga joylaştirilganidan norozi. Köpinça bu kabi holatga töxtatilgan fuqaroning özini tutişi, qayerga yöllanayotganligi haqidagi savollarga xotirjamlik bilan javob bermasligi sabab böladi.  

Qarindoşingiz yordamga muhtojmi? Bu haqda 1197 raqami orqali xabar bering, köngillilar barça ehtiyot çoralarini qöllagan holda xabar olişadi. Lekin savollarga jahl bilan javob berişning keragi yöq. Bizga ham oson emas, ammo biz insonlar hayotini asraş uçun öz xizmatimizdamiz. Afsuski, jamiyat manfaati uçun baʼzida jamiyatning özi bilan kuraşişga töğri keladi. Sabablar – tuşunmovçilik, dunyo muammosiga yoş bolalarça munosabatda böliş, mulohaza qilib uyda qolişga tayyor emaslikdadir.

Tavsiyalarni mensimagan şahar aholisi majburiy talablar çiqarilişiga özlari sababçi bölişdi. Barçaga eslatib ötmoqçimizki, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 194 va 194-1 moddalariga muvofiq, içki işlar organlari xodimining yoki Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xizmatçisining qonuniy talablarini bajarmaslik –  bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi. Velosipedda harakatlanuvçilar yöl harakati qoidalarini buzişlari uçun ham javobgarlik közda tutilgani haqida unutmasliklari zarur.

Hurmatli döstlar! Siz xohlagan narsangizga – yuz berayotgan holat yolğonligiga, siz soğ-salomat ekanligingizga va sizga heç narsa tahdid solmasligiga işonişingiz mumkin. Ammo, odatiy hayot tarzingizni davom ettirmoqçi bölib, dori yoki oziq-ovqat bahonasi bilan velosipedda sayr qilib siz avvalambor özingizni aldagan, özingizga va atrofdagilaringizga xoinlik qilgan bölasiz.

Karantin oxirgi kasal qayd etilganidan ikki hafta ötgaç tugaydi. Şaharda sayr qilgan holda siz öz harakatlaringiz bilan karantin tugaydigan kunni uzoqlaştirmoqdasiz. Uyda qoling, yuzaki noroziligingizni va qoidalarga bölgan baçkana eʼtirozlaringizni ham uyda qoldiring. Biz barça kuçlarni jamlagan holda karantinni tezroq tugaşi uçun harakat qilmoqdamiz, bu işda esa poytaxtda yaşovçi har bir fuqaroning aql bilan iş tutişi qöl keladi. Ongini işga solişga tayyor bölmaganlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar işga solinadi. 

Toşkent şahar IIBB Axborot xizmati

×