Ugandalik Imom Muhammad Mutumba Şabulla Nabukira ismli qizga uylandi. Töydan ikki hafta ötgaç, “kelin”ning Riçard Tumuşaba ismli erkak, buning ustiga, firibgar ekanligi maʼlum böldi, deya xabar beradi “New Vision” portali.
Qayd etilişiça, Mutumba ötgan yilning oxirida masjidda ayollar kiyimini kiygan bir yigitni uçratib qoladi. Dekabr oxirida ular musulmon odatiga köra töy qilişadi. Undan oldin imom qişloqdagi “kelin”ning xolasining uyiga borib, qalin sifatida ikki qop şakar, ikkita eçki, kiyim va Qurʼon nusxasini beradi.
Nikohdan söng ikki hafta davomida Nabukira imom bilan yaqin munosabatlarga kirişişdan boş tortadi. Firibgar öz jinsini hijob, kosmetika va ayol ovoziga taqlid qilib yaşiradi.
Yolğon “imomning rafiqasi” öğirlikda gumon qilinganidan keyin foş böladi: Tumuşaba tunda qöşni xonadonga öğirlikka tuşib, kiyim-keçak, televizor va 300 ming Uganda şillilleri (81 dollar)ni ömaradi.
Jinoyatçini kameraga joylaştirgandan söng politsiya undan tovlamaçilikning barça tafsilotlarini bilib oladi. "Kelin" uçun qalin puli olgan yolğonçining "xolasi" ham hibsga olingan. U Tumuşaba bilan taxminan bir yil oldin tanişganini maʼlum qilgan.









