Koronavirusga qarşi ommaviy emlaş vaqti eʼlon qilindi

Koronavirusga qarşi ommaviy emlaş vaqti eʼlon qilindi

COVID-19ga qarşi ommaviy emlaş 2021 yilning örtalarida boşlanişi mumkin. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari örinbosari Sumiya Svaminatan maʼlum qildi.

Uning sözlariga köra, hozirda 20 dan ortiq vaktsinalar klinik sinovlardan ötkazilmoqda. Ularning baʼzilari öz samarasini körsatmoqda. 2021 yilning boşiga qadar kutilgan natijalarni qölga kiritiş mumkin.

Avvalroq, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti COVID-19ga qarşi vaktsinani birinçi bölib kimlar olişini aytgandi. Birinçi darajali guruhlarga pandemiyaga qarşi kuraşning boşida turgan odamlar kiradi: tez yordam maşinalari haydovçilari, tez tibbiy yordam brigadalari aʼzolari va boşqa soğliqni saqlaş xodimlari. Şuningdek, gipertoniya, qandli diabet kabi kasalliklarga çalingan keksa odamlar ham birinçilardan bölib emlanişi lozim deb hisoblanmoqda.

«Worldometer» maʼlumotlariga köra (21.07.2020, 23:50), jahonda koronavirusga çalinganlar soni 14 973 215 nafarga yetdi, vafot etganlar — 615 939 nafar, soğayganlar — 8 991 795 nafar.

×