2022 yilda iş haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlari oşiriladi. Bu haqda Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan 2022 yil uçun davlat byudjeti loyihasida maʼlum qilindi.
2022 yilda iş haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari böyiça tariflarni oşiriş bilan boğliq xarajatlarga 11,7 trln söm yönaltiriladi.

Byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga transfertlar uçun 14 trln söm, taʼlim kreditlarini moliyalaştirişga 1 trln söm, Davlat tibbiyot suğurtasi jamğarmasi xarajatlari uçun 599 mlrd 564 mln söm ajratilişi közda tutilgan.
Şuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş va vaktsina sotib oliş uçun 1,7 trln söm yönaltiriladi.









