Siz ölimni hamma yerda körasiz – Tramp karantinga amal qilmayotgan amerikaliklardan ranjidi

Siz ölimni hamma yerda körasiz – Tramp karantinga amal qilmayotgan amerikaliklardan ranjidi

AQŞ hukumatining koronavirusga qarşi qöllayotgan çoralariga qaramay, mamlakatda uşbu kasallik tufayli 100 mingdan 240 minggaça odam hayotdan köz yumişi mumkin. Agar mamlakatda koronavirusga yetarliça eʼtibor berilmasa va jiddiy çoralar körilmasa, qurbonlar soni 2,2 millionga yetişi aytilmoqda. Bu haqda keça, 31 mart kuni Oq uy huzuridagi Viruslarga qarşi kuraş böyiça muvofiqlaştiruvçi guruh olimlari maʼlum qildi.

Oq uyda bölib ötgan hukumat va tibbiyot sohasidagi eng sara olimlar yiğilişida koronavirusning mamlakatga bölgan xavfi haqida gapirildi. Yiğilişda AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat aholisi karantin qoidalariga jiddiy amal qilmayotganidan ranjiyotganini aytdi.

“Agar karantin qoidalariga jiddiy amal qilmasangiz samolyotlarda, mehmonxonalarda va köçalarda ölayotgan odamlarni körişni boşlaysiz. Siz ölimni hamma yerda körasiz”, dedi Tramp.

Şuningdek, Prezident, odamlar uşbu virusni qançalik yuqimli ekanligini bilmasliklaridan xavotirda ekanligini maʼlum qildi. Agar mamlakatda körilayotgan çoralarning heç biri işlamasa halok bölganlar dahşatli darajada köp bölişini taʼkidlandi.

"Bu virus haqida köpçilik bilmagan narsa uning öta yuqumli ekanligidir. Biz heç narsa qilmasak nima bölar edi? Agar odamlar doimgidek hayotlarini davom ettirganida 2,2 million odam uşbu virusni qurboniga aylanardi", dedi AQŞ Prezidenti.

Maʼlumot uçun, AQŞ koronavirusga çalinganlar soni böyiça dunyoda birinçi örinda turibdi. Hozirgaça mamlakatda 189 753 ta koronavirus holati aniqlangan. Kasallanganlarning 4 090 nafari vafot etgan, 7 141 nafari esa soğaygan.

Nurulloh Şaripov

×