Endi qurğoqçil yerda ham şoli yetiştirilişi mumkin

Endi qurğoqçil yerda ham şoli yetiştirilişi mumkin

Odatda şoli tasavvur qilinganida köz oldiga suvga töla dalalar keladi. Biroq zamon özgardi — endi şolini hatto qurğoqçil yerlarda ham yetiştiriş mumkin. Bu yönalişda ilk amaliy qadamlar allaqaçon taşlab bölindi.

Yaponiya tajribasiga asoslanib, Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti stajyor-tadqiqotçisi Muhammadali Xoldorov yangi usulni sinovdan ötkazmoqda. Loyiha asosiy maqsadlari — suvdan tejamkor foydalaniş, metan gazining çiqarilişini kamaytiriş hamda ekologik toza hosil yetiştirişdan iborat.

Innovatsion yondaşuv doirasida şoli anʼanaviy suğorilgan yerlarda emas, balki maxsus işlov berilgan quruq dalalarga töğridan töğri ekilmoqda.

Hozirgi vaqtda tajriba işlari Sirdaryo viloyatidagi «Yangiyöl guruç taʼminot» şoliçilik klasteri hamda Şoliçilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida olib borilmoqda. Tajriba ustidan doimiy monitoring va kuzatuv işlari olib borilayotgani uşbu loyiha jiddiyligini yaqqol körsatmoqda.

Agar bu yangi agrotexnologiya özini oqlasa, kelajakda uni butun respublika böylab joriy etiş rejalaştirilgan. Bu esa suv tanqisligi muammosini yengillaştiriş bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan şoli hosildorligini oşiriş imkonini beradi.

×