Rossiya Federatsiya Prezidenti Vladimir Putin bundan buyon qöl berib salomlaşmaydi. Bu haqda bugun, 1 aprel kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.
"Hozir hamma masofa saqlamoqda", deydi Peskov.
Kreml vakilining sözlariga köra, Prezident şu kunlarda hamma işda masofa saqlaşni afzal körmoqda. Bu uning xavfsizligi uçun juda muhim.
"Prezidentning masofadan turib qanday işlaşini hamma köryapti va endi uşbu format iloji boriça kengroq qöllaniladi", deydi matbuot kotibi.
Şuningdek, Dmitriy Peskov Rossiya rahbarini himoya qiliş uçun hamma narsa qilinayotganini aytgan. Putin niqob taqayotganligi haqida söralganda, Peskov Prezident iştirok etadigan ommaviy tadbirlarning iştirokçilari maxsus sinovlardan ötayotganini maʼlum qilgan.
Sönggi maʼlumotlarga köra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar 2 777 nafarga yetgan. Ulardan 24 nafari vafot etgan, 190 nafari esa soğaygan.
Nurulloh Şaripov









