Özbekistonning Suriyadagi Favqulodda va muxtor elçisi Ayubxon Yunusov Suriya Taşqi işlar vaziri Asad Hasan aş-Şayboniyga işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuv davomida Suriya Taşqi işlar vaziri Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Özbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirişga katta ahamiyat qaratişini taʼkidlagan.
Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş hamda özaro manfaatli aloqalarni yanada faollaştiriş masalalarini muhokama qilgan.
Suhbat davomida Özbekiston – Suriya Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo qömitasini tuziş, şuningdek, ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar mexanizmini şakllantiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şuningdek, Suriya tomoni ötgan yillarda Özbekiston tomonidan körsatilgan yordam va kömakni yuksak qadrlaşi qayd etilgan.
Suriya tomoni Özbekiston bilan munosabatlarni yanada faollaştirişga tayyorligini bildirib, hamkorlikning turli yönalişlari böyiça Özbekiston tomonidan ilgari surilayotgan taklif va taşabbuslarni körib çiqiş hamda ularni amalga oşirişga kömaklaşişga tayyorligini maʼlum qilgan.









