28 mart, şanba kuni, Namangan viloyati Norin tumanida yaşovçi 36 yoşli J.M. karantinga olingan bölsa-da, karantin joyini özboşimçalik bilan taşlab ketganligi aniqlandi.
IIV matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, fuqaro Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buziş)ga köra, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Uşbu moddada belgilangan harakatlarni sodir etiganlik uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravarigaça (27 mart holatiga köra, 1 million 115 ming söm) miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Avvalroq Qaşqadaryoda karantin qoidalarini buzgan ikki çoyxonaçi va bir «qoçoq» jarimaga tortilgani, karantindan qoçgan buxorolikka nisbatan jinoyat işi qözğatilgani xabar berilgan edi.









