Oldinroq Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 29 taga köpaygani haqida xabar bergandik.
Namangan viloyati hokimligi xabariga köra, bulardan 6 kişi namanganlik. Yaʼni Namanganda yana 6 ta koronavirus holati aniqlangan.
Yodingizda bölsa, oldinroq Umraga borib kelgan namanganlik ayol koronavirusga çalingan va onasiga yuqtirgandi. Onasi esa 72 yoşida surunkali kasalligi tufayli vafot etgandi.
Maʼlumotlarga köra, aynan şu namanganlik ayol singlisi, singlisining kelini, akasi, akasining xotini, jiyani va tibbiy patronaj hamşirasiga ham koronavirus yuqtirgan.









