«Parda maşmaşasi» davom etadi. Sud qarori ustunmi yoki IIV izohi?

«Parda maşmaşasi» davom etadi. Sud qarori ustunmi yoki IIV izohi?

Ötgan haftada Buxoro şahar maʼmuriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar örnatiş mumkinligi töğrisida qaror çiqarilgani xabar qilingan edi. Ammo oradan köp vaqt ötmasdan Özbekiston Respublikasi IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi bu xabarlar asosga ega emas deb çiqdi.

Şu bilan masala hali yopilmaydigan körinadi. Kuni keça Oliy Majlis deputati «inspektorlar orqa eşikka parda örnatilişiga jarima qöllaşni bas qilişlari kerak» deya, ÖzLiDeP fraktsiyasidagi va boşqa bir guruh hamkasb deputatlar Içki işlar vazirligiga barça sörov kiritişga qaror qilişganini maʼlum qildi.

Qolaversa, Buxorodagi sudda yutib çiqqan fuqaro Botir Baxranov IIV YHXBB munosabatiga javob qaytardi. «Xabar.uz» voqealar tafsilotini yoritib borayotgani bois, fuqaroning uşbu javobini ham eʼlon qilişni joiz deb topdi.

«Maʼlumki 2019 yilning 7 sentyabr kunida Buxoro şahar maʼmuriy sudi tomonidan avtomobillarning orqa yon oynalariga pardalar örnatiş mumkinligi töğrisida qaror çiqarilganligi haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdingiz», — deb boşlaydi Botir Baxranov. — «Uşbu munosabatingizda körsatilgan barça vajlaringizga öz javobimni bildirmoqçiman».

  • Birinçidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim

Yuqorida qonun hujjatlaridan asoslar juda töğri keltirilgan ofarin.

Lekin «Yaʼni III klass M3 toifadagi avtotransport vositalaridan boşqa toifadagi transport vositalarining yon oynalariga parda (çiy parda, darparda) örnatiş taqiqlanadi», deb qöşimça qilingan qismi huquqni muhofaza qiluvçi organ idoralarining fikri deyişga uyalmaysizlarmi? Şunça katta stollarda ötirib fuqarolar uçun mumkin etilgan narsa boşqa narsalarga aloqasi bölmasligini, boşqa harakatni taqiqlamasligini nahot bilmasangizlar?

Qizil bilan belgilangandan boşqa misol keltirgan bandlaringiz bu yozilgan qoidalardir, lekin qizil içidagi yozganingiz qonunlarda keltirilmaganku. Şu narsani yozganingizga uyat deyman.

Mumkinlik tamoiliga asosan biz oddiy fuqarolarga taqiqlangan narsa uçun javobgarlik belgilangan. Yaʼni taqiqni buzganligimiz uçun javob beramiz. Orqa eşik oynalariga taqiq yöq ekanligi sudda isbotlandi. Demak javobgarlik yöq.

Şunday ekan, birinçi asosingizga «MUMKINLIK TAMOILI» deb javob beraman. Buni huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga tariflab berişim şart emas deb öylayman.

  • Ikkinçidan:

Sizning fikringiz

Javobim

Judayam töğri. Eʼtibor bering bu yerda «haydovçi joyidan tevarak-atrof körinişi» çeklanişi taqiqlanyapdi.

  • Uçinçidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim:

Avvalo ijtimoiy tarmoqlarda old tomondan tevarak-atrof körinişi, yaʼni «Perednaya obzornost» (GOST 33988-2016ning 2.14 bandi) tuşuntirilgani yöq, aksinça sudda dalil sifatida foydalanilgan javob xatlarida keltirib ötilgan GOST 33988-2016 (Avtomobilniye transportniye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texniçeskiye trebovaniya i metodi ispitaniy.) davlatlararo standartining 2.12 «normativnoye pole obzora P» haqida gap ketgan.

Sudda bu bandning işlatilinib, keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda 180 gradus deb tuşuntirilişining asosiy sababi — Içki işlar vazirligi YHXBB boşliği X.Saydaliyev tomonidan tasdiqlangan hamda «Özstandart» agentligining menga bergan javob xatlarida Özbekiston Respublikasi hududida amalda bölgan GOST 33988-2016 davlatlararo standartning 2.12-bandida «haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi»ga tuşunça berilganligini maʼlum qilgani, bu bandda esa, oddiy til bilan aytganda, «haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi» haydovçi oldinga qarab turganda 180 gradusga teng maydon deb keltirilganligi sabab böldi.

Quyida uşbu javob xatlarini taqdim etaman.

Ana endi qarang: Nega endi özlaringiz, yaʼni IIV YHXBB, «haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi» GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.12 bandi «normativnoye pole obzora P» deb turib, sud yakunidan keyin fikringiz özgarib, öz munosabatingizda GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.13 bandi, yaʼni «obzornost»ga olib qoçyapsizlar?

Nega fikringiz özgarib qoldi? Axir özingiz bergan maʼlumot sudda men ğalaba qozonişimning asosiy sabablaridan biri böldiyu. Sizlarga mumkinmi, unisi bölmasa bunisiga qarab ketaveriş?

GOST 33988-2016 davlatlararo standartining 2.12 bandi «normativnoye pole obzora P» — Uslovnoye pole peredney obzornosti v 180°-nom sektore, raspolojennoye mejdu gorizontalnoy ploskostyu, yavlyayuşçeysya verxney granitsey polya i proxodyaşçey na urovne glaz voditelya, i tremya drugimi ploskostyami, sostavlyayuşçimi v sovokupnosti nijnyuyu granitsu polya.

Primeçaniye — Vzaimnoye raspolojeniye ukazannix ploskostey v prostranstve ustanovleno nastoyaşçim standartom.

  • Törtinçidan:

Sizning fikringiz

Mening javobim:

Munosabat bildirişda sizning fikringiz xalq uçun muhim ekanligini, qonun xujjatlari normalarini xalqqa töğri yetkazişiz lozim ekanligini nahot bilmasangiz?

Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 126-moddasida «tevarak-atrof körinişi» töğrisida emas, aksinça «haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişi» haqida gap ketgan.

126-modda — «Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno».

Ana köryapsizmi, siz amaliyotda ham, mana bunday sud qaroriga munosabatingizda ham qoidabuzarlikni notöğri malakalayapsiz.

Mana şunday amalda sizning malakalaşingiz notöğri ekanligini isbotlaş maqsadida men izlandim, örgandim va odil sudga işongan holda sudga iştirok etdim va... adolat qaror topdi.

Sud, siz özingiz bergan javobga, «Özstandart» agenligi bergan javobga, sudda iştirok etgan xodimingiz fikriga, «Özstandart» agenligi xodimi fikriga asosan qaror çiqardi. Uşbu qarorga asosan ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqatildi. Demak, bu asosli. Çunki sizning fikringizdan sudning qarori ustunroq hisoblanadi biz uçun. Odil sudga işonaman va kuraşda davom etaman.

Sizga oxirgi gapim, körib turganingizdek munosabatingizdagi barça vajlaringiz asossiz hamda qonuniy çoraga sud tomonidan nuqta qöyilganligini hisobga olib, endi har xil bölmağur narsalar bilan özingizni gapingizga özingiz qarşi çiqib munosabat bildirmang, deb öz javobini yakunlagan Botir Baxranov.

×