Navrözda davlat taşkilotlari xodimlari 3 kun dam oladi

Navrözda davlat taşkilotlari xodimlari 3 kun dam oladi

Yaqinlaşib kelayotgan Navröz bayrami munosabati bilan mulkçilik şaklidan va haftalik iş kunlari sonidan qatʼi nazar barça xodimlar ketma-ket uç kun dam olişadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2019 yildagi «2020 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi Farmoniga muvofiq, 23 mart – duşanba qöşimça dam oliş kuni etib belgilangan.

21 mart – bayram kuni şanba kuniga töğri kelgani bois haftasiga 5 kun işlaydigan xodimlar ham haftasiga 6 kun işlaydigan xodimlar ham 3 kun ketma-ket dam olişadi.

21 mart – şanba (Navröz bayrami);

22 mart – yakşanba (dam oliş kuni);

23 mart – duşanba (qöşimça dam oliş kuni).

Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga muvofiq, 20 mart – juma kuni iş (smena) muddati barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartirilişi lozim.

Eslatib ötamiz, 23 mart kuni uçun belgilangan qöşimça dam oliş kuni yilning boşqa dam oliş kuni bilan almaştirilmaydi. Koronavirus xavfi sabab eʼlon qilingan karantin holati yaqinlaşib kelayotgan dam oliş kunlari davomiyligiga taʼsir etmaydi.

×