Isteʼmolçilar federatsiyasi tahlili: Avtolizing taşkilotlari odamlarni çuv tuşirmoqda...

Isteʼmolçilar federatsiyasi tahlili: Avtolizing taşkilotlari odamlarni çuv tuşirmoqda...

Psixologlarning fikriça, insonning tökin yaşaş omillari sirasiga öz şaxsiy uyi, oilasi va farzandlari borligi hamda şaxsiy maşinaga ega ekani kirar ekan. Albatta, bular nisbiy tuşunçalar... Baxt va tökislikni hamma öz dunyoqaraşidan kelib çiqib belgilaydi. Ammo bugungi şiddatli zamonamizda köpçilik insonlar özi va oilasi uçun barça şaroit va imkoniyatlarni yaratişga intilmoqda. Hatto, eng çekka qişloqlarimizda ham şahardagidan kam bölmagan şaroitlarga ega uy va öz şaxsiy avtomaşinasiga ega böliş uçun yurtdoşlarimiz astoydil mehnat qilib, ter tökişyapti. Yaxşi yaşaşga harakat qilgan inson, albatta tahsinga sazovor. Boisi, xalq töq bölib, tökinçilikda hayot keçirsa, mamlakat taraqqiy etadi, farzandlarimiz farovonlikda voyaga yetadi.
Ana şunday qulayliklar safida turuvçi avtoulovlarga ega böliş esa oson emas. Afsuski, orzu-havas bilan avtosalonga pul tölab, keyin maşinasini yillar davomida kutganlar, aldanganlar ham bor oramizda. Hamon bu tizimdagi öyinlarning davom etayotgani esa juda açinarli... 
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasiga avtolizing “qurboni” bölganlar köp bora murojaat qiladi. Bugun şunday holatlarga alohida töxtalamiz. 
ANDIJON.
Andijon viloyatida yaşovçi M.Temirov Respublika Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasiga murojaat qilar ekan, u Farğona şahridagi “Umid savdo fayz invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan 2018 yilda şartnoma tuzib, “Damas-3” avtomaşinasiga buyurtma berganini maʼlum qilgan. Şartnomaga binoan, MÇJ hisob raqamiga 31 250 000 söm boşlanğiç tölov amalga oşirilgan. Maşinani oladigan fursat kelib, ötib ketsa hamki, avtoulovdan darak bölmagan. Federatsiya tomonidan MÇJ masʼul şaxslariga tuşuntirişlar olib borilgandan söng, 40 kun içida avtomaşina uçun tölangan pul qaytarib berilişini zimmasiga olgan “Umid savdo fayz invest” MÇJ öz vaʼdasida turmadi. Federatsiya mutasaddilari ham bu işni oxiriga yetkazmay qöyişmadi. Vaʼda berib bajarmaydiganlar avtomobil uçun tölangan boşlanğiç pul mablağini egasiga qaytarib berişga majbur böldi. 
QORAQALPOĞISTON. 
Nukus şahri 22-kiçik tumani, 9-uy, 33-xonadonda istiqomat qiluvçi Yaraşev Qamariddin Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining 1091– işonç telefoni orqali murojaat qilib, “QQAVTOTEXXIZMAT” MÇJ bilan “Damas-2” rusumli avtomobil oliş uçun şartnoma imzolagani va şunga muvofiq pul ötkazib berganini maʼlum qilgan. Murojaatga avtosalon xodimlari avtomaşinani Nukusdan emas, balki Xorazm viloyatidan olişi kerakligini aytgani sabab bölgan. 
Nukus şahar Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati xodimlari vaziyatni örganib çiqib, öşa kunning özida isteʼmolçiga “Damas” avtoulovini Nukus şahrida topşirgan. 
Qoraqalpoğistonda yana bir şunday holat yuz berdi. Joriy yilning 9 yanvar kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining işonç telefoniga Qönğirot tumani, Qirqqiz qişloğida istiqomat qiluvçi fuqaro I.Uzaqbergenovaning Kegeyli tumanida joylaşgan “KEGEYLI-AGROTEXSERVIS MTP” avtosalonga “Cobalt” avtomaşinasini oliş uçun pul ötkazgani va avtosalon xodimlari tomonidan avtomaşina kelgani xabar qilgan, lekin avtomaşinani Xorazm viloyatidan oliş kerak bölayotgani borasidagi norozilik murojaati jönatilgan. Uşbu murojaat Kegeyli tumani Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati mutaxassislari tomonidan örganib çiqildi hamda isteʼmolçiga 2019 yil 15 yanvar kuni Kegeyli tumanining özida “Cobalt” avtomaşinasini olişiga amaliy yordam körsatildi. 
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati Kegeyli tumani bölimiga tumandagi Aqtuba ovulida yaşovçi fuqaro Q.Yusupov murojaat qildi. 
Murojaatda taʼkidlanişiça, isteʼmolçi 2018 yil 12 iyun kuni “Umidsavdo-fayz invest” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan lizing asosida oq rangli “Nexia-3” avtomaşinasini sotib oliş uçun şartnoma tuzgan va 2018 yil 12 iyun kuni 33 400 272 söm, şundan 18 826 272 sömini plastik kartadan, 14 574 000 söm naqd ötkazgani, pul tölaganiga 250 kun bölgan bölsa-da, na avtomobildan va na puldan darak bölmagan. 
Uşbu murojaat yuzasidan Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi mutaxassislari örganiş işlarini olib bordi. Unga köra, haqiqatdan lizing taşkiloti şartnoma şartlarini bajarmagani aniqlandi. Vaholanki, şartnomada pul ötkazilgan kundan boşlab 120 iş kunida avtomobilni isteʼmolçiga topşirilişi körsatilgan. 
Murojaat örganib çiqilgandan söng, 10 kun içida Q.Yusupov avtomobilga tölagan pulini töliq qaytarib oldi. 
Qoraqalpoğiston Respublikasidan murojaat qilgan yana bir yurtdoşimiz Javohir Abdunabiyev “Törtköl Avtolizing” MÇJ korxonasi bilan şartnoma tuzişi orqali “Damas” rusumli avtomobilini lizinga beriş töğrisida kelişadi. Şartnomada belgilangan summa 53 630 000 sömni avvaldan tölab beradi. Lekin korxona isteʼmolçiga na avtomaşinani yetkazadi va na tölangan pulni qaytarib beradi. Federatsiya mutaxassislari masalani sinçkovlik bilan örganib çiqişdi va isteʼmolçi töliq haq ekani maʼlum böladi. Natijada, “Damas” uçun tölangan 53 630 000 söm egasiga qaytarib berildi. Taassufki, bular dengizdan bir tomçi, xolos. Mazkur hududdagi yana bir holat. Xuddi şu Törtköl tumanidagi “Törtköl Avtolizing” MÇJ korxonasi rahbari A.Radjapbayev tomonidan tumandagi Ulliboğ OFY 114 – xonadonida yaşovçi Qabulov Jahongir Azamat öğli bilan 2019 yil 8 yanvar kuni tuzilgan №01/01-sonli “Spark” rusumli avtomobilini lizing beriş töğrisida tuzgan şartnoma şartlarini bajara olmagani sababli, isteʼmolçi Qabulov Jahongir tölagan 19 999 000 (ön töqqiz million töqqiz yuz töqson töqqiz ming) söm lizing asosiy tölovi, 3 332 000 (uç million uç yuz öttiz ikki ming) söm lizinga xizmat körsatiş tölovini – jami 23 331 000 (yigirma uç million uç yuz öttiz bir ming) sömni töliq naqd pulda qaytarib tölab berdi. Şuningdek, lizing şartnomasining 6.3-bandi böyiça şartnoma öz vaqtida bajarilmaganligi uçun lizing obʼekti qiymatining 2 foiz miqdorida 1 334 000 (bir million uç yuz öttiz tört ming) söm penya ham töladi. 
Afsuski, kişi taʼbini xira qiladigan bunday holatlar Qoraqalpoğistonda kam emas. Nukus şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga şaharda istiqomat qiluvçi fuqaro J. K murojaat qildi. U öz murojaatida Nukusda joylaşgan avtosalondan “Cobalt” avtomaşinasini oliş uçun şartnoma tuzgani, şartnoma şartlariga köra avtomaşina keçiktirilayotganidan noroziligini bildirgan. 
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan örganilib, asosli ekani isbotlandi va isteʼmolçiga “Cobalt” avtomaşinasi yetkazilib, keçiktirilgan 30 kun uçun 219 582 söm (penya) isteʼmolçi foydasiga undirib berildi. 
BUXORO.
Buxoro viloyati Jondor tumani “Samonçuq“ MFY Murğak qişloğida yaşovçi Şaripov Bobur Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasining 1091–işonç telefoniga murojaat qilgan. Uning murojaatiga köra, Ğijduvon “Avtotexxizmat” avto salonidan “Cobalt” rusumli avtomaşinasini sotib oliş uçun şartnoma tuzilgan. Kelişuv şartlari bajarilmaganligi sababli Ğijduvon tuman isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati xodimlari tomonidan murojaat sinçkovlik bilan örganib çiqildi hamda “Cobalt” rusumli avtomaşina egasiga olib berildi. 
Agar avtomaşina öz vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir keçiktirilgan kun uçun 0,4 foiz miqdorida penya tölanişi şartnomada belgilangan. Buxoro tumani Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga Vobkent tuman Kulolçi köçasi 65-uyda yaşovçi Saʼdulla Navrözov murojaat qilgan. U öz murojaatida “ Sitora-avto savdo” MÇJ bilan “Nexia-3” avtomaşina sotib oliş uçun belgilangan tölovni amalga oşirib, şartnoma tuzgan. Şartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomaşina fuqaroga yetkazib berilişi belgilangan bölgan. Agar öz vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir keçiktirilgan kun uçun 0,4 foiz miqdorida penya tölanişi şartnomada körsatilgan. Ammo isteʼmolçiga şartnomada körsatilgan muddatda avtomaşina berilmagan.
Murojaat viloyat Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati mutaxassislari tomonidan örganilib, natijasida fuqaroga “Nexia-3” avtomaşinasi olib berildi, şuningdek, isteʼmolçining arizasiga binoan, keçiktirilgan muddat böyiça penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga ön million töqqiz yuz ön ming tört yuz ön sakkiz söm penya tölandi. 
Buxoro şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatida Vobkent tumani Yangikent QFY Şirin qişloğida yaşovçi fuqaro I. Ramazonovning oğzaki murojaati röyxatga olingan. Uşbu murojaatda qayd etilişiça isteʼmolçi 2018 yil 6 avgust kuni “Umid savdo fayz invest” MÇJ bilan “Nexia-3” rusumli avtomaşinasi xarid qiliş uçun şartnoma tuzgan va isteʼmolçi şartnomada körsatilgan 34 750 000 sömni tölagan. Ammo avtomaşinani öz vaqtida yetkazilmagan. 
Isteʼmolçining murojaati jamiyat xodimlari tomonidan örganilib, isteʼmolçi va tadbirkorning huquqlari tuşuntirildi hamda isteʼmolçining töliq 34 750 000 söm naqd puli qaytarib berildi. 
Olot tumani “Denov” MFY Olmazor qişloğida istiqomat qiluvçi Ötkir Azimov yaxşi niyat bilan Buxoro şahridagi “Umid” avtolizing taşkilotiga “Nexia-3” avtomaşinasi uçun şartnoma asosida pul tölaydi. Naqd 38 000 000 sömni heç qanday eʼtirozlarsiz, öz vaqtida topşiradi va avtoulov kelişini kutadi. Buni qarangki, vaqt ötib na avtomobildan darak bor, na şartnomadagi vaʼda berilgan şartlardan. Natijada isteʼmolçi Ötkir Azimov fuqarolik huquqlari poymol etilganini tuşunib yetadi hamda şartnomani bekor qiladi. Biroq “Umid” avtolizing taşkiloti 38 000 000 söm pulni qaytarişni paysalga soladi. Avtomobilni yetkazib bermagani uçun mijoz korxona rahbarlaridan tölangan pulni qaytarişini sörab murojaat qilgan, ammo uning murojaatlari javobsiz qolgan. 
Murojaat mutaxassislar tomonidan örganilganida, haqiqatdan “Oriyent Avto Lizing” korxonasi tomonidan isteʼmolçi huquqi buzilganligi maʼlum böldi. Korxona rahbarlariga Özbekiston Respublikasi “Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunning tegişli bandlari talablari tuşuntirildi. Natijada fuqaroga 51 184 000 söm mablaği qaytarib berildi. Korxona rahbarlariga kelgusida bu kabi kamçiliklarga yöl qöyilsa, qonunda belgilangan tartibda çora körilişi tuşuntirildi.
Yana bir holat. Buxorolik Şoxiddin Axmedov viloyat Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga ariza yozib, özini ançadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi. 
Murojaatga köra, Şoxiddin Axmedov Buxoro şahridagi “Umid avto lizing” korxonasiga “Nexia-3” avtomobili uçun 2018 yil avgust oyida 34.750.000 söm naqd pul tölagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi bölgan. Jamiyat bunday muammolarga yeçim topişga doim harakat qildi. Uçar tadbirkordan isteʼmolçining 34.750.000 söm naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanişiga erişildi. 
Biz yuqorida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro viloyatlaridagi avtosalon va lizing xizmatlarida aldangan yurtdoşlarimizni murojaatlari, uçrayotgan muammolar yuzasidan qisqaça maʼlumotlar keltirdik xolos. Vaholanki bu kabi xolatlar soni ançagina. 
Binobarin, Özbekiston Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi esa ularga qarşi qattiq kuraşmoqda. Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilib, aldanib vaqt yutqazgan insonlarga penya undirib beriş uçun ham çoralar amalga oşirilmoqda. Muxtasar aytganda, lizing xizmatlaridan foydalanişda ogoh böling! 

Özbekiston Respublikasi Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi

×