Bismillahir rohmanir rohim.
Alloh taologa hamdu sano, Payğambarimiz va sahobalariga salotu salomlar bölsin!
Bir neça kunlardan beri yurtimizda Koronavirusi tarqalişini oldini oliş maqsadida keng miqyosda çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Şu jumladan Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi fatvosi bilan joriy yilning 16 martidan beri beş vaqt jamoat namozlari va juma namoziga jamlanmaslik, balki namozlarni uyda ado etiş joriy etildi.
Ertaga juma kuni bölişi munosabati bilan: “Juma namozini öyda öqisak böladimi?” – degan savollar köpaydi. Bunga javoban aytamizki, şu kunlarda aksar musulmon yurtlarining xalqaro va mahalliy fatvo uyuşmalari, ulamolari mömin-musulmonlarning jonlarini omon saqlaş uçun masjidlarda yiğilmaslik, xavf ötib ketgunça ibodatlarni uyda ado etib turiş qaroriga kelişgan. Bunga yetarliça asos borligini va masala jiddiy ekanligini eslatişgan. Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengaşi fatvosida ham juma namozi örniga uyda peşin namozi ado etilişi aytilgan.
Fiqhiy manbalarimizga murojaat qiladigan bölsak, juma namozi durust bölişi uçun juma namoziga davlat boşliği yoki uning örinbosari tomonidan umumiy ruxsat (izni omma) bölişi, juma namozini odamlarga muftiy tomonidan tayinlangan kişi ado qilib berişi kerak. Demak, juma namozini uyda öqilganda mana şu şartlar topilmaydi, natijada namoz durust bölmaydi. Bu haqida muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh şunday deydilar:
والإِذْنُ العَامُّ) أي وشرط لأدائها الإذن العامّ لأنها من شعائر الإسلام، فيجب إقامتها على وجه الاشتهار بين الأنام)
yaʼni: “Jumani ado qiliş uçun umumiy ruxsat (izni omma) bölişi şart qilingan. Çunki juma – Islom şiorlaridan biri. Uni odamlar orasida oçiqçasiga qoim qiliş şart böladi” (“Fathu bobil inoya” kitobi).
Bu mavzuda Ibn Obidin rahimahulloh şunday deydilar:
الْإِذْنُ الْعَامُّ وَهُوَ أَنْ تُفْتَحَ أَبْوَابُ الْجَامِعِ وَيُؤْذَنَ لِلنَّاسِ ، حَتَّى لَوْ اجْتَمَعَتْ جَمَاعَةٌ فِي الْجَامِعِ وَأَغْلَقُوا الْأَبْوَابَ وَجَمَعُوا لَمْ يَجُزْ
yaʼni: “Umumiy ruxsat – jome masjidi oçilib, odamlar kirişiga ruxsat bölişidir. Hatto, agar masjidda bir jamoat yiğilib, eşikni yopib olib jumʼa namozini öqisalar, namozlari durust bölmaydi” (“Raddul muhtor” kitobi).
Eʼtibor berilsa, bu masalada, umumiy ruxsat bölmaganda, hatto bir jamoat masjidga kirib, özlariça juma öqisalar ham, namozlari durust bölmasligi bayon qilinmoqda.
Xulosa örnida aytamizki, hozirgi şaroitda hammamiz ittifoq bölib, şariatimiz körsatmalariga amal qilişimiz, Alloh taoloning sinov-imtihonlaridan gözal suratda ötişga harakat qilişimiz lozimdir. Nafl ibodatlar, tilovati Qurʼon, duo-tasbehlar, qiyin şaroitda qolganlarga xayru ehson qiliş kabi Alloh taologa xuş keladigan amallarni köpaytiraylik. Boşimizga kelgan sinovni ham savob işlaş uçun ğanimat fursat, deb bilaylik. Şoyadki, Alloh taolo tez kunlarda fazilatli, katta jamoatlarda namozlarni ado qilişni nasib aylasa, xalqimizga xotirjamlikni qaytarsa. Alloh taolo dunyo musulmonlari, jumladan xalqimizdan turli balo-ofatlarni uzoq qilsin! Omin!
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati









