Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlarining 8-sammiti juma namozini öqiş bilan boşlanadi. Bu haqda Turkiyaning TRT telekanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, ayni vaqtda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Vengriya Boş vaziri Viktor Orban, Turmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov sammitda iştirok etiş uçun Istanbulga yetib kelgan.
Sammit Istanbulning Marmara dengizi örtasidagi “Demokratiya va erkinlik” orolida bölib ötadi. Davlat rahbarlari tuşga yaqin uşbu orolga yetib keladilar va Fatin Ruştu Zörlu nomidagi masjidda juma namozini ado etadilar.
Sobbiq Yassi orol, hozirgi Demokratiya va erkinlik oroli Turkiya tarixida muhim ahamiyatga ega. Orolda 1950 yillan 1960 yilgaça mamlakatni boşqargan Prezident Jalol Bayar, Boş vazir Adnan Menderes, Taşqi işlar vaziri Fatin Ruştu Zörlu, Moliya vaziri Hasan Pölatkan sud qilingan. Ular 1960 yilning 27 may kuni harbiylar tomonidan amalga oşirilgan davlat töntarişidan söng, uşbu orolga olib kelingan va to 1961 yilning sentyabr oyigaça şu yerda saqlangan.
Boş vazir Adnan Menderesga hokimiyat vakolatlarini suiisteʼmol qiliş, davlat mablağini özlaştiriş kabi moddalar bilan ayblov eʼlon qilingan. Biroq, uşbu ayblovlarning birortasi öz isbotini topmagan.
Sud 1961 yilning sentyabr oyida sobiq Prezident Jalol Bayarni bir umrlik qamoq jazosiga, Boş vazir Adnan Menderes, Taşqi işlar vaziri Fatin Ruştu Zörlu va Moliya vaziri Hasan Pölatkanni ölim jazosiga hukm etadi.
Boş vazir va uning tarafdorlari sudlangan Yassi oroldagi qonli va qoronğu tarix 2019 yil Prezident Rajab Toyib Erdöğan tarafidan tiklandi va öşa vaqtda ayblanganlar nomi oqlandi. Orolga Demokratiya va mustaqillik nomi berildi. Uning har bir burçagi 1960 yilda röy bergan töntariş va Adnan Menderes faoliyatini yodga soladi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşiga aʼzo mamlakatlar rahbarlari sammiti ham aynan uşbu orolda ötkazilişi alohida ahamiyat kasb etadi.









