Özbekistondagi 2021 yilgi Osiyo çempionati rasman qoldirildi

Özbekistondagi 2021 yilgi Osiyo çempionati rasman qoldirildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilda qitʼa miqyosida ötadigan törtta musobaqani bekor qildi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyaning rasmiy veb-saytida habar qilingan.

Maʼlum qilinişiça, haligaça butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol böyiça xalqaro musobaqalarni taşkil etiş masalalarini qiyinlaştirmoqda.

Xabarga köra, Osiyo futbol konfederatsiyasi qitʼa miqyosidagi turnirlarni ötkaziş oldidan mintaqadagi mavjud epidemiologik vaziyatni örganib çiqqan. 

Örganiş natijasiga köra, taşkilotning tegişli qömitalari bugun, 15 dekabr kuni quyidagi qarorlarni qabul qilgan:

•  2021 yilda futbol böyiça Özbekistonda bölib ötişi rejalaştirilgan yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati rasman qoldirilgan;

•  Özbekiston yoşlar örtasidagi Osiyo çempionati mezbonligini özida saqlab qoladi va 2023 yilda uşbu yoş toifasidagi qitʼa birinçiligining Özbekistonda bölib ötişi OFK musobaqalar taqvimiga kiritiladi;

•  Bahraynda ötadigan U16 Osiyo çempionati, futzal hamda sohil futboli böyiça terma jamoalar örtasidagi qitʼa musobaqalari ham bekor qilingan.

×