Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 21 ming 506 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 21 ming 506 nafarga yetdi

2020 yil 28 iyul soat 10:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 21 506 (+297) nafarni taşkil etmoqda.


Yangi kasallaniş holatlarining 125 nafari Toşkent şahrida (ulardan 72 nafari tana harorati kötarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 53 nafari esa Qozoğistondan “Ğiştköprik” çegara posti orqali kelgan va Örtasaroy karantin markaziga joylaştirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orsida), 68 nafari Toşkent viloyatida, 32 nafari Buxoro viloyatida, 21 nafari Sirdaryo viloyatida, 18 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Navoiy viloyatida, 10 nafari Farğona viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 3 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 11 674 nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (54 foiz) soğaygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 710 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. Ulardan 215 nafari oğir, 81 nafari esa öta oğir ahvolda.
***
Toşkent şahar Uçtepa tumanida yaşagan 34 yoşli Ş.M. (ayol) joriy yil 16-21 iyul kunlari şahar 9-son tuğruq kompleksida “27 haftalik 6-homiladorlik, 5-tuğruq, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetişmovçiligi” taşxisi bilan davolangan.
Bemorda “COVID-19” tasdiqlangaç, şahar 3-son tuğruq kompleksiga ötkazilgan. Unga “COVID-19” infektsiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir yurak qon-tomir va nafas yetişmovçiligi asoratlari bilan keçgan. 
Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligidan vafot etgan.

×