Avvalroq, “Marca” naşri, Italiyaning “Yuventus” klubi futbolçisi Kriştianu Ronaldu Portugaliyadagi mehmonxonalarini koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun şifoxonalarga berişi haqida xabar qilgandi.
Ronaldu mehmonxonalarini şifoxonaga aylantirişga rozi bölgani öz tasdiğini topmadi. Bu haqda jurnalist Manu Saync özining Twitter'dagi sahifasida xabar berdi.
“Kriştianu öz mehmonxonalarini şifoxonalarga aylantirişi haqiqat emas. Bu soxta yangilik”, deb yozgan jurnalist.
Manu Saync, asosan, “Real Madrid” futbol klubi va portugaliyalik futbolçilar haqida yangiliklarni çop etadi. Jurnalistning aytişiça, Ronaldu uşbu virusga qarşi boşqa körinişda yordam berişga tayyor. Futbolçining özi, joriy yilning 12 mart kuni jamoadoşi Daniyel Ruganida koronavirus topilganidan söng, Modeyradagi villasida karantindadir.
Sönggi maʼlumotlarga köra, dunyo böylab koronavirusga çalinganlar soni 174 115 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 6 684 kişi vafot etgan. Bemorlardan 5 937 nafari yoki 7 foizining ahvoli oğir. Şu kungaça kasallikni yuqtirganlarning 77 826 nafari bu virusdan foriğ bölgan.









