Namanganda noqonuniy ravişda dori işlab çiqarayotgan yaşirin korxona aniqlandi

Namanganda noqonuniy ravişda dori işlab çiqarayotgan yaşirin korxona aniqlandi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida qalbaki dori vositalarini işlab çiqarayotgan yaşirin tsex faoliyatiga çek qöyildi, deya xabar bermoqda Boş prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Davlatobod tumani bölimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda fuqaro R.A. va boşqalar «Elxon» MFY hududidagi uyida elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulanib, qalbaki dori vositalarini («Menovazin», etil spirti, yod va yaşil eritma) işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanib kelayotganligi aniqlangan.

Aşyoviy dalil sifatida umumiy qiymati 432,2 million sömlik dori vositalari, turli xil yorliq, kukun va uskunalar olingan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi (köp miqdorda sifatsiz yoki qalbakilaştirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ötkaziş maqsadida işlab çiqariş, tayyorlaş, oliş, saqlaş, taşiş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×