Qaşqadaryoda öqituvçi öquvçining boşiga “nasos” bilan tuşirdi

Qaşqadaryoda öqituvçi öquvçining boşiga “nasos” bilan tuşirdi

Ijtimoy tarmoqlarda Qaşqadaryoda öqituvçi öquvçini boşini “nasos”bilan urib yorgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qayd etilişiça, voqea joriy yilning 24 oktyabr kuni Koson tumanida sodir bölgan. Voqeaga 11 sinf öquvçilarining jismoniy tarbiya darsi tugamasidan oldin sport zalni tark etgani sabab bölgan. Şundan söng öqituvçi şu sinfda öqiydigan bir bolani boşiga “nasos” bilan urgan.

“Voleybol öynataman deb töpni “nasos” bilan damlagunimça bolalar taşqariga çiqib ketibdi. Çaqirtirib keldim ularni. Ularga savol berdim lekin ular meni mensimaganday turişdi. Töpni damlab ötirganimda “nasos” bolani boşiga tegib ketdi”, deydi öqituvçi.

Öquvçilar esa öqituvçining harakatini qoralab, darsni erta tark etganlarini xato emas, deb baholaşgan.

“Biz öqituvçiga heç nima deganimiz yöq, özi uruş boşladi. Xatolik ötgani yöq mendan”, deydi jabrlangan öquvçi.

Öquvçini tekşirgan şifokor bolaning boş sohasida tirnaliş bölganini tasdiqlagan. Şuningdek, u bolada xavfli holat kuzatilmaganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat hududiy profilaktika inspektori tomonidan örganilgan. Töplangan xujjatlar Koson tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan öqituvçiga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravarida jarima qöllanilgan.


×