Ozodlikdan mahrum qiliş bilan bogʼliq jazolarni ijro etiş muassasalarining faoliyati samaradorligini taʼminlaş boʼyiça taşkiliy çora-tadbirlar toʼgʼrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazolarni ijro etiş muassasalari toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
✅ Nizomga muvofiq, jazoni ijro etiş muassasalariga quyidagilar kiradi:
• jazoni ijro etiş koloniyalari, şu jumladan, davolaş huquqi asosidagi;
• tarbiya koloniyalari;
• turmalar;
• mahkumlar uçun ixtisoslaştirilgan kasalxonalar.
Ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazolarni ijro etiş muassasalaridan 50 metr masofada maʼmuriy, maişiy, xoʼjalik bino va inşootlari qurilişi uçun yer uçastkalari ajratilişiga, ular ijaraga berilişiga, şuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori boʼlgan bino va inşootlar qurilişiga yoʼl qoʼyilmaydi.
Şuningdek, qaror bilan 2020–2024 yillarda jazoni ijro etiş koloniyalarining yaşaş yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga oʼtkazgan holda ularni bosqiçma-bosqiç quriş va rekonstruktsiya qiliş dasturi tasdiqlandi.
Mazkur dasturga koʼra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etiş koloniyasining jami 60 ta yaşaş yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga oʼzgartiriş yoʼli bilan rekonstruktsiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.
Bundan taşqari, 2020 yilda ozodlikdan mahrum qiliş turidagi jazolarni ijro etiş muassasalarini videokuzatuv moslamalari va şaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlaş hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etiş dasturi tasdiqlandi.
Unga koʼra, 18 ta jazoni ijro etiş koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt şaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) oʼrnatiladi.
Şuningdek, Probatsiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.
Içki işlar vazirligi obʼektlarni quriş va rekonstruktsiya qiliş, şuningdek, zamonaviy texnik qoʼriqlaş vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qiliş boʼyiça buyurtmaçi hisoblanadi.
manba: effect.uz









