Qadrli vatandoşlar!
Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Barçangizga özimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.
2022 yilda maşaqqatli va jasoratli mehnatimiz bilan taraqqiyot yölida muhim marralarga erişdik. Inson qadrini uluğlaş, xalqimizni rozi qiliş borasida yangi qadamlar qöydik.
Dunyodagi ğoyat murakkab vaziyat, global inqirozga qaramasdan, Özbekiston iqtisodiyoti izçil rivojlanmoqda.
Mirişkor dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, möl hosil yetiştirdilar.
Sanoat, quriliş, raqamli texnologiyalar, turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.
Şahar va qişloqlarimiz, butun yurtimiz har tomonlama obod bölmoqda.
Yangi iş örinlari taşkil etilib, aholi daromadlari va hayot darajasi oşmoqda.
Yoşlarimiz xalqaro maydonlarda isteʼdod va mahoratini namoyon etib, Vatanimizni dunyoga tanitmoqda.
Xalq ovozi bölgan mahallaning hayotimizdagi örni va taʼsiri kuçaymoqda.
Eng muhimi, yurtimizda tinçlik va barqarorlik, millatlar va dinlararo totuvlik hukm surmoqda.
Özbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi obrö-eʼtibori yuksalmoqda.
Şu qutluğ ayyomda erişgan barça yutuqlarimizning bunyodkori bölgan siz, aziz yurtdoşlarimga, butun xalqimizga yana bir bor minnatdorçilik bildiraman.
Muhtaram döstlar!
Mamlakatimizda 2023 yilga «Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili», deb nom berdik.
Yangi yilda insonni qadrlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlaşga qaratilgan işlarimizni yuqori bosqiçga kötaramiz.
Farzandlarimiz sifatli taʼlim va tarbiya olib, barkamol şaxs bölişlari uçun boşlagan işlarimizni izçil davom ettiramiz.
Muhtaram faxriylarimiz, aziz ayollarimiz, şuningdek, yordamga muhtoj insonlar uçun munosib şaroit yaratiş eʼtiborimiz markazida böladi.
Ilm-fan, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalari vakillarini, öqituvçi va murabbiylarni qöllab-quvvatlaşga ustuvor ahamiyat qaratamiz.
Muxtasar aytganda, jonajon Vatanimizda heç bir inson jamiyatimiz va davlatimizning mehri va eʼtiboridan çetda qolmaydi. Buning uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Aziz va qadrli vatandoşlarim!
Qalblarimiz pok niyatlarga tölib turgan uşbu quvonçli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2023 yil bilan yana bir bor çin dildan muborakbod etaman.
Barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman.
Yangi yilning qadami qutluğ kelsin!
Barça ezgu niyatlarimiz amalga oşsin!
Yurtimiz tinç, xalqimiz omon bölsin!
Yangi yil barçamizga muborak bölsin!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti









