Özbekiston jazoni ijro etiş muassasalari xodimlariga mahkumlar bilan insoniy munosabatda böliş uçun Nelson Mandela qoidalarini qöllaş örgatilyapti. Buning uçun uç kunlik trening ötkazilmoqda, deb xabar berdi Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Uç kunlik uşbu tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan YEXHTning Özbekistondagi Loyihalari muvofiqlaştiruvçisi va Daniyaning Qiynoqlarga qarşi kuraş instituti bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.
Trening doirasida Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari hamda uşbu qoidalarga kiritilgan özgartirişlar, tegişli huquqbuzarliklarni aniqlaş, mahkumlarni qiynoqlar va şafqatsiz muomaladan himoya qiliş yuzasidan jazoni ijro etiş muassasalari xodimlarining bilimini oşiriş va könikmalarini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Şuningdek, ular jazoni ijro etiş muassasasida xavfsizlik va inson huquqlarini muvozanatlaş borasida tuşunça va amaliy bilimga ega bölişadi.

Amaliy treningda Milliy markaz direktori Akmal Saidov, YEXHTning Insoniylik mezoni böyiça katta loyihasi xodimi Marte Langeland, xalqaro ekspertlar Kaliya Kambanella, Vadim Çovgan, Mari Brasxolt, Özbekiston Boş prokuraturasi Akademiyasi, Içki işlar vazirligi Akademiyasi, Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti professor-öqituvçilari, Andijon, Namangan, Farğona, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlari va Toşkent şahridagi jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari iştirok etmoqda.
Treningda jazoni ijro etiş muassasalari xodimlarining:
• jazoni ijro etiş muassasasida xavfsizlik va inson huquqlarini muvozanatlaş borasida tuşunça va amaliy bilimga ega bölişi;
• Nelson Mandela qoidalarining tarixi, uşbu qoidalarning inson huquqlari doirasidagi örnini hamda ularning qamoqxonadagi milliy amaliyotga taʼsirini örganiş;
• Nelson Mandela qoidalariga kiritilgan eng muhim özgarişlar;
• Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari va asosiy qoidalari;
• Nelson Mandela qoidalarini amalga oşiriş, tegişli qonunbuzarliklarni aniqlaş va mahbuslarni qiynoqlar va şafqatsiz muomalalardan himoya qiliş kabi mavzular keng örganilmoqda.









