Makkada koronavirus tufayli ziyoratçilarning Kaʼba atrofidagi maydonga ötişi vaqtinça çeklandi

Makkada koronavirus tufayli ziyoratçilarning Kaʼba atrofidagi maydonga ötişi vaqtinça çeklandi

Duşanba kuni Saudiya Arabistonida koronavirusning dastlabki holati qayd etilgan edi. Payşanbaga kelib, mamlakatda koronavirus yuqtirib olgani aniqlanganlar soni 5 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Saudi Gazzette.

foto: twitter

Mamlakat soğliqni saqlaş vazirining maʼlum qilişiça, kasallikka çalinganlarning beşalasi ham Eronda bölib kelgan. Ularning baʼzilari qirollikka Bahrayn orqali kirgan, kelgan paytlarida Eronda bölib qaytganini maʼlum qilmagan.

Ötgan hafta Umra ziyorati uçun keladigan fuqarolarning Saudiya Arabistoniga kirişi töxtatilgan edi. Arab News`ning xabar berişiça, 4 martdan boşlab uşbu taqiq qirollik fuqarolari va rezidentlariga nisbatan ham amal qila boşladi.

Koronavirus eng köp tarqalgan 7ta davlat fuqarolariga Saudiya Arabistoniga kiriş vizalari berilmayapti.

Masjid ul-haromda keng miqyosda dezinfektsiya işlari olib borilmoqda. AFP xabariga köra, şu munosabat bilan Kaʼba tavof etiladigan asosiy maydonga ziyoratçilarning kirişi çeklangan. Çeklov Umraga ruxsat berilguniga qadar amalda bölişi aytilmoqda.

https://youtu.be/sjdscUJOjKA?t=57

Qayd etiş kerak, masjid yopib qöyilgani yoki böşab qolgani haqida asossiz xabarlar ham tarqalmoqda. Ammo ehtiyot çorasi sifatida baytullohning faqatgina Kaʼba atrofidagi oçiq maydonida ziyoratçilarning töplanişi çeklangan bölib, ziyoratçilar masjidga kirib ibodat qilişlari uçun tösiq yöq.

https://youtu.be/DEZJyzeHpe0

Islom dunyosining boş masjidida örnatilgan ventilyatsiya filtrlari kuniga 9 martadan tozalab çiqilmoqda, zamzam suvi tozaligiga eʼtibor kuçaytirilgan.

Maʼlumot örnida, bu yil Ramazon aprel oyining ikkinçi yarmida boşlanadi, Haj mavsumi iyul oyi oxiriga töğri keladi.

Manba: Kun.uz

×