Koronavirus xavotiri! Amerikaliklar koronavirus tufayli bunkerlar qurişmoqda

Koronavirus xavotiri! Amerikaliklar koronavirus tufayli bunkerlar qurişmoqda

“Rising S Company” kompaniyasining asosçisi Klod Skottning aytişiça, koronavirus bilan boğliq vaziyat yomonlaşişi bilan odamlar boşpana quriş haqida köproq va köproq öylay boşlaşgan. Qayd etilişiça, bunkerlarga qiziqişining hozirgi ösişi misli körilmagan darajaga çiqqan.

“Ilgari tibbiy sabablarga köra boşpanalarni sotiş hajmi köpaygan emas. Odatda bizning savdo-sotiqlarimiz erkinliklarning buzilişiga yoki fuqarolik va ijtimoiy tartibsizliklarga olib kelişi mumkin bölgan siyosiy harakatlarga boğliq bölgandi", deb qöşimça qildi Skot.

Maʼlum bölişiça, “Rising S Company”  işlab çiqaradigan eng arzon bir xonali bunker 39,5 ming dollarni taşkil etadi. Sauna, ösimliklar uçun xona, basseyn, bilyard xonasi va bir neçta maşina uçun garaj bilan jihozlangan eng katta variant xaridorga 8 million dollarga tuşadi.

Boşpanalarga talab ortib borayotganini “US Safe Room” vakili Devid Devis ham taʼkidladi.

“Xavfsizlik, tayyorlik kafolati "suğurta" ga qaraganda ança işonçli, bu sizga yöqotişlarga duç kelganingizdan keyingina yordam beradi. Bizning qarorimiz, birinçi navbatda, yöqotişlarning oldini olişdir "deydi Devid.

Devisning taʼkidlaşiça, bunker quriş oilaviy xavfsizlikni taʼminlaş uçun zaruriy şartdir va buni tobora köproq amerikaliklar anglaşmoqda.

×