Bugun ham Özbekistonga nam havo massalari kirib keladi

Bugun ham Özbekistonga nam havo massalari kirib keladi

21 aprelda kunduz kuni Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi va Qozoğistonning janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelişi davom etadi. Bu haqda “Özgidromet” xabar bermoqda.

Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Havo harorati 13-18 daraja iliq böladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17 daraja iliq böladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida yomğir yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi, sel kelişi xavfi bor. Toşkent va Namangan viloyatlarida 2200 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor. Şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat 4-9 daraja iliq böladi.

×