Namangan viloyatida ota öz farzandini çöktirib yubordi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri Boş prokuratura boşqarma katta prokurori Lazizjon BARAKAYEVning maʼlumotiga tayanib xabar qildi.
Maʼlum bölişiça, 2018 yilda turmuş qurgan Ravşan va Rohila (ismlar özgartirilgan) farzandli bölgaç köplab uruş-janjallardan söng ajraşib ketişdi. 2019 yilning aprel oyida sud bola uç yoşga tölgunça otaning daromadining 70 foizini aliment tariqasida tölab borişi haqida qaror çiqardi. Şundan söng bolasi öziniki emasligidan gumonlanib yurgan va aliment tölab alamga tölib yurgan Ravşan may oyida haftaning şanba va yakşanba kunlari bolani onasining iştirokida ikki soatga körişiş tartibiga erişdi.
Şu zaylda kunlarning birida iyun oyida Ravşan qaynonasining uyiga borib xotiniga bolani olib çiqişni aytadi. Ayol esa vaqti yöqligini aytadi. Şunda Ravşan bir piyola çoy olib çiqişni buyuradi va öşa zahoti Ravşan bolani olib Katta Farğona tomonga borib, uni suvga taşlab yuboradi. 1 yoşga ham tölmagan bola esa suvda oqib, nobud böladi. Oradan köp ötmay Ravşan otasi bilan Namangan şahar içki işlar boşqarmasiga bordi va aybiga iqror bölib, bor gapni aytib berdi.
Hodisa yuzasidan bölib ötgan sudda, Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyati sudi qotil otaga 18 yil qamoq jazosi tayinladi. Şu bilan birga u jazoning dastlabki 2 yilini turma rejimida, qolgan qismini umumiy tartibdagi koloniyalarda ötaşi belgilandi.









