Namanganda 6 yaşar bola YTH qurboni böldi

Namanganda 6 yaşar bola YTH qurboni böldi

Namangan şahrida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida 6 yaşar bola halok böldi. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 29 sentyabr kuni soat 17:00 larda şaharning “Yakkasada” MFY hududida Yangiqörğon tumanida yaşovçi 34 yoşli fuqaro özi işlovçi MÇJga tegişli Isuzu yuk avtomaşinasini boşqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yöl çetida turgan piyodani urib yuborgan.

Jabrlanuvçi Çortoq tumanida ota-onasi qaramoğida yaşagan 2015 yilda tuğilgan bola bölib, u olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat böyiça Namangan şahar IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×