Xitoyning Uxan şahridan kelgan maxsus çarter reys Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportiga qöndi.
Samolyotda 84 nafar yölovçi, ekipaj aʼzolari, şuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan taʼminlangan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida ular Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.
Avvalroq, Xitoy poytaxti Pekindan 250 nafar Özbekiston fuqarosi evakuatsiya qilingandi. Ular ham xavfsizlik nuqtai nazaridan 14 kun karantinga olindi.









