2022 yilda Eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş va davlat iştirokidagi kompaniyalarni xususiylaştiriş hisobiga 14 ta faoliyat turi böyiça monopoliyalarni tugatiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Yangi Özbekistonning 2022–2026 yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”da nazarda tutilgan.
Loyihaga köra, Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiy sektor uçun keng yöl oçiş maqsadida eksklyuziv huquqlarni bekor qiliş va davlat iştirokidagi kompaniyalarni xususiylaştiriş kutilmoqda. Monopoliya tugatiladigan faoliyatlar qatorida aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga suyultirilgan gaz yetkazib beriş, rangli metall parçalari va çiqindilarini tayyorlaş, sertifikatlaştiriş xizmatlari va boşqalar bor.
Şuningdek, “Raqobat töğrisida”gi va “Tabiiy monopoliyalar töğrisida”gi qonunlarni birlaştiriş orqali:
• davlatning tadbirkorlik faoliyatida iştirok etiş hollari va unga nisbatan monopoliyaga qarşi talablarni belgilaş;
• tabiiy monopoliya holatini aniqlaş böyiça huquqiy instrumentlarni kengaytiriş;
• bozordagi ustunlik mavqeini aniqlaş mezonlarini takomillaştiriş;
• davlat kömagi (imtiyoz va preferentsiyalar) şakllari va ularni taqdim etişga nisbatan monopoliyaga qarşi talablarni belgilaş;
• auktsion (birja) savdolarida manipulyatsiyalarning mezonlarini va javobgarlikni kuçaytiriş;
• raqobatni çeklaş holatlari uçun javobgarlikni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.









