Gonkongda qurolli jinoyatçilar 600 rulon hojatxona qoğozini öğirlab ketişdi

Gonkongda qurolli jinoyatçilar 600 rulon hojatxona qoğozini öğirlab ketişdi

Xitoyning maxsus maʼmuriy hududi — Gonkongda koronavirus tufayli asosiy ehtiyoj mahsulotlarining yetişmasligidan vahimaga tuşib qolgan qurollangan bosqinçilar 600 rulon hojatxona qoğozini öğirlab ketişdi, deb yozadi «South China Morning Post» gazetasi.

Maʼlumotlarga köra, koronavirus tufayli asosiy mahsulotlar yetişmay qolişidan xavotirga tuşib qolgan gonkongliklar göşt, guruç, lağmon, hojatxona qoğozi, sovun va şunga öxşagan boşqa mahsulotlarni ulgurji sotib ola boşlaşgan.

Gazetaning yozişiça, duşanba kuni soat oltilarda Gonkongdagi dökonlardan birining oldida niqoblangan uç kişi taxminan 50 qadoq hojatxona qoğozini öğirlab ketişgan. Politsiyaning sözlariga köra, jinoyatçilardan birining qölida hatto piçoq ham bölgan. Moddiy zarar — 130$ (1 ming Gonkong dollari).

Yakşanba kuni Gonkong Isteʼmolçilar kengaşi boş direktori mahalliy aholiga hojatxona qoğozini juda köp sotib olmaslikni va uyida juda köp miqdorda saqlamaslikni tavsiya etgan. Çunki nam iqlim şaroitida moğorlab ketişi heç gap emas. Uning aytişiça, mahsulot yetkazib beruvçilar hojatxona qoğozi tanqisligi bölmasligini maʼlum qilişgan.

Gonkongda 57 kişi COVID-19 koronavirusini yuqtirgan.

×