Özlarini IIB xodimlari deb taniştirgan jinoyatçilar qölga olindi

Özlarini IIB xodimlari deb taniştirgan jinoyatçilar qölga olindi

Toşkent şaharida ikki nomaʼlum şaxs oldindan özaro jinoiy til biriktiradi. Ular 2022 yil 17 noyabr kuni soat 19:00larda özganing mol-mulkini bosqinçilik yöli bilan talon-toroj qiliş maqsadida, Toşkent şahar Yaşnobod tumani Çölpon mahallasi hududidan ötuvçi Kiçik halqa yöli yoqasida 26 yoşli J.Q.ning oldiga kelib, unga özlarini IIB xodimi deb taniştirişadi.

Söng uni noqonuniy valyuta ayirboşlaşda ayblab, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borişlarini aytib, «NEXIA-3» avtomaşinasiga ötqazişadi va Yaşnobod tumani Çölpon mahallasi hududiga olib borişadi. Öşa yerda J.Q.ni piçoq bilan qörqitib, yuz va boş qismlariga urib tan jarohat yetkazib, 1.100.000 söm pulini tortib olişadi va hodisa joyidan yaşirinişadi.

Olib borilgan tergov-tezkor işlar natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 30 yoşli A.Yo. va 35 yoşli N.U.lar sodir etilganligi, hodisa sodir bölgan joy hamda N.U.ning boşqaruvida bölgan «NEXIA-3» rusumli avtomaşina közdan keçirilganda avtomaşinaning yukxonasidan 1 dona oşxona piçoği aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, bosqinçilik sodir etgan şaxslarga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


×