Taniqli rassom Inkuzart bu galgi ijodini Özbekistondagi avtomobil monopoliyasiga bağişladi. U çizgan rasmda maşina sotib oliş uçun uzun navbatda turgan odamlar tasvirlangan.
Uşbu asar Çilonzor tumanidagi sobiq AQŞ elçixonasi yonida joylaşgan devorga çizilgan.
Oldin xabar berganimizdek, UzAuto Motors maşinalarini sotib olişga bölgan navbatlar haddan ortiq köpayib ketdi. Masalan, ayni paytda Lacetti uçun qariyb 25 000, oy boşida 22 000 edi, Cobalt uçun esa salkam 8 000 ta odam navbatda turibdi. Buning sababi asosan işlab çiqariş kamayib ketganidadir.









