Dunyo musulmonlari sof eʼtiqodini saqlab qoliş uçun umri va ilmini sarf qilgan buyuk vatandoşimiz Imom Moturidiy haqida Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam başorat bergan desak mubolağa bölmaydi. Nabiy alayhissallom marhamat qiladilar: “Alloh taolo har yuz yilning boşida sizlarning diningizni yangilab beradigan bir mujaddid (dinni yangilovçi) yuboradi”. Hadisda keltirilgan “Yangilaş”dan murod din ahkomlari va asoslarini özgartiriş degani emas, balki unga sizib kirgan turli bidʼat-xurofotlar, notöğri taʼvil va botil töqimalardan tozalaş nazarda tutilgan.
Tarixçilar: “Ötmişdagi islom ulamolarining qay biri mana şu hadisga muvofiq keladi?” degan savolga javob izlaşadi. Unga köra, ulamolar Rasululloh sallollohu alayhi vasallam vafot etgan birinçi yuz yil boşida tuğilgan Umar ibn Abdulaziz uşbu hadisga muvofiq keladi deb ijmo qilganlar.
Umar ibn Abdulaziz hijriy 62 – 101 (mil. 680 - 719) yillar oraliğida yaşab ötgan. Umar ibn Abdulaziz öz zamonasining eng ilmli kişilaridan biri bölib, hijriy 99 va 101 yillari oraliğida butun islom olamiga podşoh böldi. Ana şu qisqa ikki yillik hukmronligi davrida undan oldin Bani Umayya hukmdorlari joriy qilgan turli bidʼat va xurofotlarni supurib taşladi.
Keyingi yuz yilga esa tört mazhabboşi töğri kelişini etirof etişadi. Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad ibn Nun, Hasan ibn Hammod Sajjoda va Ahmad ibn Nasr kabi zabardast olimlar ham şu hadisga muvofiq keladi.
“Bu hadisda har yuz yilda bitta olim kelişi haqida aytilgan. Maqolada bir davrdagi bir neçta olimlarni sanab ötdingiz?” degan savol tuğilişi mumkin. Bunga javob şuki, hadisda Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam “مَنْ يُجَدِّدُ ” kalimasida مَنْ ismi mavsulasini işlatdi. Bu kalima ham birlik va köplik maʼnosida işlatiladi. Şu bois bu hadisda faqatgina bir kişi nazarda tutilgan, deyişimiz notöğri böladi. Balki mujaddid olimlar har yuz yilda keladigan olimlar bitta yoki bir neçta bölişi ham mumkin
Ahmad ibn Hanbal raxmatullohi alayh hijriy 164-241 (mil. 780-857) yillarda yaşab ötgan. U kişi Möʼtazila firqasi “Qurʼon maxluq” degan botil eʼtiqodlariga qarşi qoyadek turib berganlari har qanday tahsinga loyiq. Möʼtaziliylar butun islom ummatining eʼtiqodini buziş yölida harakat qilib, hatto Abbosiylar sulolasining 7- 8-9-hukmdorlari ongiga botil eʼtiqodlarini singdirişdi. Keyin şu hukmdorlar yordamida öşa davrdagi ummat ulamolarini ğalvirdan ötkazdilar. Ulamolar orasida “Qurʼon maxluq emas” degan sof eʼtiqodda mahkam turganlarini zindonga solişdi, hatto qatl qilişdi. Mana şunday turli azob va qiynoqlarga sobit turgan zabardast olim Ahmad ibn Hanbal Möʼtaziliya firqasining eʼtiqodi notöğri ekanligini isbotlab berdilar. Podşoh uni bir neça yil zindonga solib qiynaganligi uçun uzr söradi va köp hadyalar berib, ehtirom körsatdi. Imom Ahmad raxmatullohi alayhni ham tarixçilar ikkinçi yuz yillikdagi “Mujaddidul Umma” hisoblanadi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Xuzayma Al-Iskandaroniy: “Men Ahmad ibn Hanbal vafot etgandan keyin tuş kördim. U zot mening oldimga Oltindan bölgan toj va oyoğiga oltin kovuş kiyib keldi. Men u zotga Robbingiz sizga qanday munosabatda böldi? Dedim. U zot: “Robbim menga mana şu oltin toj va kovuşni kiydirib – bu senga Qurʼonni mening kalomim ekanligini himoya qilganing uçun” dedi” deb aytgan ekan.
Uçinçi yuz yillikda Imom Moturidiy, Imom Abul Hasan Al-Aşʼariy va Imom Abu Jaʼfar At-Tahoviy kabi zotlar “Navbatdagi dinni yangilovçi” (Mujaddidul umma) kişilar böldi, desak adaşmaymiz. Çunki şu davrda ahli sunna eʼtiqodini buzişga zalolatga ketgan uç firqa tiş-tirnoği bilan harakat qilayotgan edi. Ular Möʼtaziliy, Rofiziy va Qarmatiylar firqalari edi. Rofiziylar hijriy 250 – 450 (mil.864 – 1058) yillar oraliğida tez-tez ahli sunna val jamoa eʼtiqodidagi xalq ustiga hujum qilib, turli qon tökişlarni amalga oşirgan.
Qarmatiylar esa hijriy 258-345 (mil.872-956) yillarda butun Hijozni, yaʼni Makka, Madina va Toif şaharlarini bosib olib, odamlarni qiliçdan ötkazdi. Hatto hijriy 317 yili haj mavsumida Makkaga hujum qilib, hojilarni öldirib jasadini Zamzam qudiğiga kömib taşladi. Kaʼbani vayron qilib, tillodan yasalgan eşigi va tarnovlarini qöporib olişdi. Kaʼbaning yopinğiçini yeçib, bölib olişdi. Bu jinoyatçilarning biri Xajarul Asvadni örnidan suğirib oladi, boşqasini gurzi bilan urib, sindirib taşladida: “Qani (Abraxaga kelgan) Abobil quşlari va qani sapol toşlar” deya jar soldi.
Ana şunday manfur Qarmatiylar bu jirkanç işlarni qilib xojilarga qarata: “Eh Axmoqlar! Sizlarning bu qoratoş (Kaʼba) ni aylanib, tavof qilişlaringiz, johiliyatdagi muşriklarning butlarni aylanib tavof qilişidan nima farqi bor. U ham jonsiz toş, sizlar tavof qilayotgan Kaʼba ham jonsiz toşku”, deb qiçqirar edi. Hatto bir neça yil çekka hududlardan odamlar haj ibodatini bajariş uçun Makkaga kela olmay qoldi. Çunki Qarmatiylar ketma-ket bir neça marotaba haj ibodatiga kelayotgan hojilarning karvoniga hujum qilib, ularning oziq-ovqatlari va içimlik suvlarini tortib olib, özlarini bepayon sahroda yordamsiz qoldirar edi. Bu hojilar oziq-ovqatsiz, suvsiz, çölda oçlik va taşnalikdan barçalari vafot etib ketar edi.
Ularning maqsadi barça sof eʼtiqoddagi musulmonlarni zalolatga boşlab, özlarining jirkanç ğoyalarini amalga oşirişdan iborat bölgan. Öşa davrda bizning diyorlarimizda Ismoil ibn Ahmad As-Somoniy podşoh bölib, xalq Rofiziylar zulmidan qattiq ozor çekayotgan davr edi. Şunday oğir vaziyatda Alloh taolo Movarounnahrdan Imom Moturidiyni, Boğdoddan Abul Hasan Al-Aşʼariyni va Misrdan Abu Jaʼfar At-Tahoviylarni “Mujaddidul umma” qilib çiqardi. Bu olimlar bir-birini körmagan holda “Ahli sunna val jamoa” aqida yölini tuzib berdi. Bu yöl hozirga qadar islom ummatini sof eʼtiqod ustida saqlab qolişga xizmat qilib kelmoqda.
Imom Moturidiy hayoti va ijodiga nazar solsak, hijriy uçunçi asrda ham din duşmanlari islom taʼlimotini buzişga harakat qilgan. Ular Qurʼon oyatlari va musulmonlarning sof etiqodini özgartirişga urinişdi. Lekin ularning bu işi samara bermagan. Alloh taolo Kalomini qiyomatga qadar özi himoya qilişini marhamat qiladi: “Albatta, Zikrni (Qurʼonni) biz nozil qildik va uni biz Muhofaza qilurmiz” (“Xijr” surasi, 9-oyat).
Buzğunçilar bu harakati foyda bermaganidan söng Qurʼonni notöğri taʼvil qiliş va islom taʼlimotining ikkinçi asosi hisoblangan hadisi şariflarni buzişga kiradi. Ming afsuski, bu yölda biroz bölsa-da natijaga erişgan. Qurʼondagi mutaşobeh oyatlarni öz maqsadlari yöliga burdi va turli mavzuda hadislar töqib çiqarişdi. Şu bilan sodda musulmon xalqni töğri yöldan adaştirişga urinişdi. Ana şunday qiyin vaziyatdan islom ummatini bezarar olib çiqişda Imom Moturidiy hazratlari juda katta xizmat qildi.
Nomoz öqimaydigan musulmonni heç ikkilanmasdan kofir, deb qoni, joni va molini özlariga halol sanaydigan turli firqalarga qaqşatgiç raddiya berdi. Yaʼni: “Agar bir kişi “La ilaha illalloh, Muhammadan Rasululloh” desa, endi nomoz öqiydimi, öqimaydimi u odam “Musulmondir”, dedilar. Bu sözga quyidagi hadisni dalil keltiradilar. Payğambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Kim La ilaha illalloh desa, jannatga kiradi”, deganlar. Ana şu buyuk xizmatlari uçun Imom Moturidiy hazratlari musulmonlar tomonidan “Imamul huda”, “Musahhihu aqoidi ahli sunna” kabi unvonlar bilan şaraflangan.
Şayx Abdulloh Mustafo Muroğiy hazratlari Imom Moturidiy haqlarida gapirib: “Abu Mansur Moturidiy hujjat va dalili kuçli, xusumatçini mot qiladigan, musulmonlar eʼtiqodini himoya qilib, adaşgan mulhidlarning şubhalariga raddiya bergan olim edi”, degan edi.
Imom Moturidiy hazratlarining sof eʼtiqodiy taʼlimotlarini mahkam uşlab, yoş avlodga töğri yetkazsak, xalqimiz heç qaçon töğri yöldan adaşmaydi.
Manba: muslim.uz









