NATO Ukrainaga 500 million yevrolik yangi qöşimça yordam paketini tayyorlaydi va jönatadi. Bu haqda alyans boş kotibi Yens Stoltenberg maʼlum qildi.
Boş kotibning sözlariga köra, u yoqilği va dori-darmonlarni öz içiga oladi. Şuningdek, alyans Ukrainaga artilleriya öq-dorilarini yetkazib beriş hajmini oşiradi.
"Biz misli körilmagan miqdorda turli xil öq-dorilarni jönatdik va yetkazib berişni eʼlon qilişda davom etmoqdamiz. Bu töğri muvofiqlaştirilmoqda", deydi Stoltenberg.
U Ukraina har kuni minglab öq-dorilardan foydalanişi kerakligini qöşimça qilgan.
"Şuning uçun biz ularni yana ötkazişimiz kerak. Ittifoqçilar aynan şunday qilmoqda: ular Ukrainaga tobora köproq öq-dorilar va turli artilleriya tizimlari, zirhli texnikalar, tanklar va havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun ehtiyot qismlar yetkazib berişmoqda", deydi Stoltenberg.
Eslatib ötamiz, avvalroq Çexiya Kiyevga jangovar vertolyot va öq-dorilar berişini maʼlum qilgandik.









