Şavkat Mirziyoyev hafta boşida Bokuga boradi

Şavkat Mirziyoyev hafta boşida Bokuga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Boku şahrida bölib ötadigan Turkiy tilli hamkorlik kengaşining (Turkiy kengaş) yettinçi sammitida iştirok etadi.

Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya, Özbekiston, kuzatuvçi mamlakat sifatida iştirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengaş doirasidagi köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengaşga aʼzo davlatlar rahbarlarining Özbekiston Respublikasining töla huquqli aʼzo sifatida Taşkilotga qöşilişi töğrisida Qöşma bayonoti qabul qilinadi.

Uçraşuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi yettinçi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda.

Prezidentimiz Bokuga taşrifi doirasida sammitda iştirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadi.

×