Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov yuradigan avtomaşina jarimaga tortilgan.
Hokim xarakatlanadigan «TOYOTA PRADO» avtomobili 70 km tezlik belgilangan joyda 81 km tezlikda xarakatlangan va fotoradarga tuşgan. Hujjatga köra, hodisa viloyatning Töraqörğon tumanida sodir bölgan.
Söng biroz ötib Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati tomonidan jarimaga tuşgan avtomaşining tölov qaytnomasining surati taqdim etildi.

Unda şunday yozilgan.
Yöl harakati qoidalariga amal qiliş – barça uçun majburiydir
Namangan viloyati hokimligiga tegişli bölgan 50 050 AAA davlat raqamli Toyota Prado avtomaşinasi 2020 yil 6 fevral kuni Töraqörğon tumani hududida 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 81 km/soat tezlikda harakatlangani uçun Özbekiston Respublikasi MJtK 128(3)-moddasining birinçi qismiga asosan 223 ming söm jarimaga tortilgan.
Toyota Prado avtomaşinasi haydovçisi tomonidan belgilangan jarima uçun tölov 100 foiz amalga oşirildi.
Viloyat hokimligi işlar boşqarmasi tomonidan hokimlik transport vositalari haydovçilari uçun tuşuntiriş işlari ötkazildi, bundan keyingi faoliyatida yöl harakati qoidalariga töla amal qiliş borasida qatʼiy körsatma berildi.









